Jamiyat

Musulmon haydovchi Olloh oldida ham javobgar - OʻMI

© Upravleniye musulman UzbekistanaPervыy kollektivnыy namaz v mechetyax Uzbekistana posle karantina
Pervыy kollektivnыy namaz v mechetyax Uzbekistana posle karantina - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.06.2021
Musulmon haydovchi oʻz maʼsuliyatsizligi oqibatida baxtsiz hodisa roʻy bersa, nafaqat qonunlar asosida, balkim shariat nuqtai-nazaridan ham gunohkor boʻladi.
TOSHKENT, 4 iyun - Sputnik. Oʻzbekiston Musulmonlar idorasi islom dinida yoʻl-harakati qoidalari qanday ahamiyatga ega ekanini va nima sababdan ularga amal qilish muhim ekanini tushuntirib berdi.
Islom shariati yoʻl harakati qoidalariga – ijtimoiy qoidalar sifatida qaraydi va unga rioya qilishga buyuradi. Yoʻl harakati qoidalariga rioya etish shariatning quyidagi uchta maqsadlariga yetishga xizmat qiladi:
1.
Hayotni saqlash.
2.
Avlodni saqlash.
3.
Mulkni saqlash.
Transport vositasini boshqarishda musulmonlar rioya etishlari lozim boʻlgan koʻplab sunnatlar va odoblar mavjud. Eng muhim vazifa – inson ulovda yurganida oʻzi va oʻzgalarni xatarga qoʻymasligi, piyodalar, yoʻlovchilar va boshqa haydovchilar hayotiga xavf solmasligi kerak.
Buning uchun esa yoʻl harakati ishtirokchilarining barchasi yoʻl harakati qoidalariga qatʼiy rioya qilishlari lozim boʻladi. Qoidani buzish – boshqa bir yoʻl harakati ishtirokchisi haqqini poymol qilish va unga zulm qilish hisoblanadi.
Islomda taʼqiqlangan amallar yoʻl-harakati qoidalariga ham taaluqli:
ehtiyotsizlik oqibatida birovning mulikiga zarar yetkazish;
YTHda qurbon boʻlish (oʻz aybi bilan) - oʻz joniga qasd qilishga teng boʻladi;
tezlikni oshirish - islomda haddan oshuvchi doimo javobgar boʻladi;
mast holda rulga oʻtirish - islomda ogʻir gunoh;
yoʻl-harakati qoidalariga amal qilmaslik (bilmaslik) - birovga qurol oʻqtalishga teng;
zaruratsiz signal chalish, qorongʻuda koʻzni qamashtiradigan chiroqlarni yoqib yurish - oʻzgalarga ozor berish hisoblanadi;
texnik nosoz va yaroqsiz transport vositasidan foydalanish - sharʼan joiz emas (yaʼni harom);
haydovchi oʻzi boshqargan transport vositasi uchun javobgar (Hadis);
Undan tashqari islom dinida belgilangan ushbu qoidalar piyodalar uchun ham amal qiladi. Xususan, ulardan oʻzlari uchun belgilangan yoʻlaklardan yurish va hayotini xatarga qoʻymaslik talab etiladi. Qoidalarni bila turib, oʻz hayotini xatarga qoʻyish - gunoh hisoblanadi.
Har bir musulmon haydovchi oʻzining beparvoligi, maʼsuliyatsizligi, avtotransportga xizmat koʻrsatish va yoʻl harakati tartib-qoidalariga rioya etmaslik oqibatida baxtsiz hodisa roʻy bersa, amaldagi qonunlar asosida javob berishi, shariat nuqtai-nazaridan esa gunohkor boʻlishini unutmasligi lozim.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala