Rossiya bir oy ichida MFFda dollardan to‘liq voz kechadi

© Sputnik / Vladimir TrefilovDenejnie kupuri
Denejnie kupuri - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.06.2021
Obuna bo‘lish
Bundan buyon Rossiya Milliy faravonlik fondi yevro, yuan, funt va iyena asosida shakllantiriladi.
TOShKENT, 3-iyun - Sputnik. Rossiya bir oy ichidan o‘z Milliy faravonlik fondida (MFF) AQSh dollaridan to‘liq voz kechadi hamda Britaniya funti miqdorini kamaytiradi. Ushbu valtalar o‘rniga MFFda yevro va yuan va oltin miqdori oshiriladi. Bu haqida Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tayotgan xalqaro iqtisodiy forumda moliya vaziri Anton Siluanov xabar qildi.
Biz va Markaziy bank birgalikda MFFdagi dollar miqdorini kamaytirishga qaror qildik. Bugungi kunda uning tarkibida dollar – 35 %ni tashkil qiladi. Biz dollardagi aktivlardan to‘liq voz kechishga qaror qildik. Uning o‘rniga yevro va oltin miqdori oshiriladi”, - dedi Siluanov.
Moliya vaziri aytishiga ko‘ra, ushbu ishlar ancha tez, bir oy ichida amalga oshiriladi va shundan so‘ng Milliy faravonlik fondining 40% - yevroda, 30% - yuanda, 20% - oltinda hamda 5%dan funt va iyenada bo‘ladi.
Bugungi kun holatiga MFFda dollar va yevro 35%dan, yuan – 15%, funt – 10% hamda iyena – 5%ni tashkil qiladi.
Rossiya bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Andrey Bellouslov aytishiga ko‘ra, ushbu qaror Amerika rahbariyati tomonidan sanksiyalar kiritish xavfi tufayli qabul qilingan.
Ma’lumot uchun, Rossiya 2018-yilning bahoridan boshlab AQSh qimmatli qog‘ozlariga tikilgan mablag‘lar miqdorini bosqichma-bosqich kamaytirib kelmoqda. Xususan, 2018-yil AQSh davlat qarziga sarflangan mablag‘lar 96 milliard dollarni tashkil qilgan bo‘lsa, 2021-yilning fevralida – 3,9 milliardni tashkil qildi.
Eslatib o‘tamiz, shu kunlarda (2-5 iyun) Sankt-Peterburgda xalqaro iqtisodiy forum bo‘lib o‘tmoqda. Uning mavzusi “Yana birgalikda. Yangi zamon iqtisodiyoti”. Ushbu iqtisodiy forum oflayn formatda, xavfsizlik choralariga amal qilgan holda bo‘lib o‘tmoqda. Biznesmenlar uchun forumga kirish badali – 1 million rubl.
Yangiliklar lentasi
0