Iqtisod

Standard & Poor’s Oʻzbekiston reytingini "barqaror" darajagacha oshirdi

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Fotobankka oʻtishLogotipы kompanii Standard & Poor's
Logotipы kompanii Standard & Poor's - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.06.2021
Moliya vazirligi Standard & Poor’s Oʻzbekiston reytingini oshirishga qanday omillar sabab boʻlgani haqida batafsil maʼlumot berdi.
TOSHKENT, 5 iyun — Sputnik. Standard & Poor’s xalqaro reyting agentligi Oʻzbekiston suveren kredit reyting kutilmasini “salbiy”dan “barqaror”ga oshirdi, deb xabar qilmoqda Moliya vazirligi.
Xabarda aytilishiga koʻra, Oʻzbekiston suveren kredit reytingi oshishiga qoʻyidagi omillar asos boʻlgan:
1.
Iqtisod hajmining oʻsishi: 2020 yilda 1,6 %ga oʻsiishi va 2021 yilda 4,8 foizga oʻsishi kutilayotgani.
2.
Tashqi qarz oʻsish surʼati sekinlashgani hamda qisqa muddatli fiskal xatarlar pasaygan.
3.
Fiskal pozitsiyasi 2020-2021 yillarda yaxshilangani - 2020 yil mobaynida oltin narxining yuqori boʻlgan va bu davlat tushumlari va tashqi balansini qoʻllab-quvvatlab turgan.
4.
Ijobiy tashqi balans: 2020 yilni kutilganidan koʻra yaxshiroq yakunlagan.
5.
Samarali islohotlar: sud hokimiyati mustaqilligini oshirish, soʻz erkinligiga qoʻyilgan taʼqiqlarni olib tashlash, korruptsiyaga qarshi kurashish, iqtisodiy maʼlumotlar ochiqligi va boshqalar.
Shu bilan birga Standard & Poor’s Oʻzbekiston reytingini tushirishi mumkin boʻlgan omillarni ham sanab oʻtgan. Bular:
fiskal va tashqi zaxiralari tez surʼatlarda yoki sezilarli darajada kamaysa;
toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar oqimining yetarli emasligi natijasida qarz jalb qilish oshsa va tashqi aktivlar kamaysa;
iqtisodiyotdagi dollarlashuv darajasi sezilarli darajada oshsa;
davlat korxonalari zaiflashuvi natijasida, ularning qarz majburiyatlari davlat tomonidan toʻlansa;
S&R ilk bor Oʻzbekiston suveren kredit reytingini 2018 yil 21 dekabrda belgilagan edi. 2020 yil iyun oyidan beri “S&P” reyting agentligi tomonidan 21 ta mamlakatning kredit reytingi pasaytirilgan va 13 ta mamlakatning, jumladan Oʻzbekistonning reyting kutilmasi “salbiy”ga tushirilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala