Hodisalar

Qashqadaryoda piyodani mashina urib ketdi - video

© Sputnik / Mixail VoskresenskiyPeshexod
Peshexod - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.06.2021
25 yoshli piyoda chorrahani belgilanmagan qismidan kesib oʻtmoqchi boʻlgan. Natijada uni “Nexia” haydovchisi urib yuborgan.
TOSHKENT, 6 iyun — Sputnik. Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida yoʻlning belgilanmagan qismidan kesib oʻtayotgan piyodani avtomobil urib ketdi. Bu haqda YHXBB matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Yoʻl-transport hodisasi 30 may kuni soat 01:00 larda shahardagi Islom Karimov va Nasaf koʻchalari kesishgan chorrahada roʻy bergan. “Nexia” haydovchisi R.B. belgilanmagan joydan yoʻlni kesib oʻtayotgan piyodani urib yuborgan.
Hodisa oqibatida 25 yoshli piyoda B.O. tan jarohati bilan shifoxonaga murojaat qilgan.
YTH yuzasidan Qarshi shahar IIO FMB YHXB surishtiruv harakatlarini olib bormoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala