Dunyoda

Tramp: Rossiya va Xitoy Bayden ustidan ochiqchasiga kulmoqda

© AP Photo / Chris SewardBыvshiy prezident SSHA Donald Tramp
Bыvshiy prezident SSHA Donald Tramp - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.06.2021
AQShning sobiq prezidenti Rossiya va Xitoy Jo Bayden ustidan ochiqchasiga kulyapti deb hisoblaydi.
TOSHKENT, 6 iyun — Sputnik. AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp Rossiya va Xitoy amaldagi davlat rahbari Jo Bayden ustidan ochiqchasiga kulyapti deb hisoblaydi. Bu haqda sobiq Amerika yetakchisi Respublikachilar partiyasining Shimoliy Karolinada oʻtgan qurultoyida maʼlum qildi.
“Ular (demokratlar) mamlakatimizni yoʻq qilishmoqda, endi esa Bayden ustidan xitoylik muzokarachilar va Rossiya prezidenti Vladimir Putin ochiqchasiga kulmoqda. Ular uning ustidan kulmoqda, ular mamlakatimizni tahqirlamoqda”, - dedi Tramp.
AQShning sobiq prezidenti kulish va tahqirlash aynan nimada namoyon boʻlganiga aniqlik kiritmagan.
Shu bilan birga Tramp uning Putin bilan “juda yaxshi munosabatlari” boʻlgani, ammo hech kim uningdek Rossiyaga qarshi qattiqqoʻl boʻlmaganini taʼkidlagan.
Uning soʻzlariga koʻra, Amerikaning amaldagi maʼmuriyati AQShni “vayron qilmoqda”. “Hozir biz bu yerga toʻplangan vaqtda koʻz oʻngimizda mamlakatimizni yoʻq qilishmoqda. Jinoyatchilik oʻsmoqda, politsiya departamentlari qismlarga boʻlib tashlangan va yetarlicha moliyashtirilmagan”, - deya xulosa qildi sobiq rahbar.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala