Madaniyat

Afgʻonistondagi Alisher Navoiyning qarovsiz yotgan qabri katta obod majmuaga aylantiriladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev oznakomilsya s planom rekonstruktsii mazvoleya Alisher Navoiy v Afganistane
Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s planom rekonstruktsii mazvoleya Alisher Navoiy v Afganistane - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.06.2021
Loyiha Oʻzbekiston va afgʻonistonlik mutaxassislar tomonidan Hirot shahridagi Alisher Navoiy maqbarasini joyida oʻrganish asosida ishlab chiqilgan.
TOSHKENT, 7 iyun - Sputnik. Afgʻonistondagi Alisher Navoiy qabrida obodonlashtirish ishlari amalga oshiriladi, deb maʼlum qildi jurnalistlarga Oʻzbekiston prezidenti matbuot-kotibi Sherzod Asadov, bugun, dushanba kuni boʻlib oʻtgan brifing davomida.
“Maʼlumki, Navoiy bobomizning qabri Afgʻoniston Islom Respublikasining Hirot shahrida. Bugungi kungacha bu joyga umuman eʼtibor berilmagan edi. Shu bois davlatimiz rahbari Alisher Navoiy maqbarasini obodonlashtirish vazifasini qoʻygan edilar. Afgʻonistonda oxirgi yillardagi ijobiy oʻzgarishlar, Oʻzbekiston Prezidenti tashabbuslari bilan ikki mamlakat oʻrtasida uygʻongan iliqlik va hamkorlik tufayli bu xayrli ish amalga oshadigan boʻlib turibdi”, - dedi Asadov.
Dekorativnoye keramicheskoye blyudo Alisher Navoi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.02.2021
Jamiyat
Alisher Navoiy nomidagi xalqaro jamoat fondi tashkil etildi
Loyihaga koʻra, u yerda faqat taʼmirlash yo tiklash ishlari emas, katta majmua qurish maqsad qilingan. Unda maqbaradan tashqari masjid, muzey, ayvonlar, avtoturargoh va bogʻlar boʻladi.
Sal avval Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston va afgʻonistonlik mutaxassislar tomonidan Alisher Navoiy maqbarasini obodonlashtirish boʻyicha ishlab chiqilgan loyiha bilan tanishgan edi.
Prezidentga taqdim etilgan loyihaga muvofiq, maqbara hududiga kirish qismida sakkiz burchakli masjid bunyod etiladi. Kirish peshtogʻidan hovli qismining chap va oʻng tomonida yopiq uslubda ayvonlar barpo etiladi. Maqbaraning tashqi koʻrinishiga bezak beriladi. Gumbaz, maqbara oldi va yon qismlari mayolika elementlari bilan ishlanadi. Majmua hududi koʻkalamzorlashtiriladi.
Ushbu loyiha Oʻzbekiston va afgʻonistonlik mutaxassislar tomonidan Hirot shahridagi Alisher Navoiy maqbarasini joyida oʻrganish asosida ishlab chiqilgan.
Eslatib oʻtamiz, Hirot shahridagi Alisher Navoiy maqbarasini obodonlashtirish ishlari - Oʻzbekiston prezidentning 2020 yil 19 oktyabrda imzolangan “Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligini keng nishonlash toʻgʻrisida”gi qarorida belgilangan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala