Jamiyat

“Salar” tozalash inshooti atrofidagi barcha korxonalar faoliyati toʻxtatildi

© "Uzsuvtaminot" AORabochaya gruppa izuchayet rabotu ochistnыx soorujeniya "Salar"
Rabochaya gruppa izuchayet rabotu ochistnыx soorujeniya Salar - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.06.2021
“Salar” tozalash inshooti atrofidagi barcha korxonalar faoliyati toʻxtatilgandan soʻng noxush hid tarqalishi yoʻqoldi.
TOSHKENT, 7 iyun – Sputnik. Toshkent shahar hokimligida 5 iyun kuni oʻtkazilgan yigʻilishdan soʻng, “Salar” oqova suvlarni tozalash inshooti atrofidagi barcha korxonalar faoliyati maʼlum muddatga toʻxtatildi deb xabar qilmoqda "Oʻzsuvtaʼminot" AJ axborot xizmati.
“5 iyun kuni Toshkent shahar hokimligida oʻtkazilgan yigʻilishdan soʻng, "Salar" oqova suvlarni tozalash inshooti atrofidagi barcha korxonalar faoliyati maʼlum muddatga toʻxtatilgan edi. Kuzatuvlarga koʻra, ular ishlamayotganda kechki payt inshootda hech qanday yoqimsiz hid sezilmadi.
Ayni paytda "Salar" inshooti atrofidagi barcha korxonalar faoliyati toʻxtatildi va ishchi guruh hamma obʼyektlar, jumladan, inshoot faoliyatini atroflicha oʻrganmoqda”, - deyilgan xabarda.
Eslatib oʻtamiz, “Oʻzgarish” va “Noʻgʻoyqoʻrgʻon” mahallalari aholisi uzoq vaqtdan buyon kechki payt yoqimsiz hid tarqalishidan aziyat chekayotgan edi. Ushbu muammo matbuotda ham televideniyeda ham koʻp marotaba yoritilgan edi.
Dastlab yoqimsiz hid paydo boʻlishida “Salar” oqova suvlarni tozalash inshooti ayblangan boʻlsa, keyinchalik bunda ushbu hududdagi kanal boʻyida joylashgan terini qayta ishlash korxonalari ham boʻlishi mumkinligi aytilgan edi.
Musor - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.05.2021
Jamiyat
Toshkentda aholi yoqimsiz hid kelayotgani haqida shikoyat qilmoqda
Ushbu muammoni bartaraf etish maqsadida Toshkent shahar hokimining topshirigʻiga asosan ishchi guruh tashkil etilgan va ungi Sanitariya-epideomiologik osoyishtalik va jamoat nazorati xizmati, ekologlar, boshqa turli soha mutaxassislari kirtilgan edi.
Ayni damda ishchi guruh oʻz faoliyatini uch yoʻnalishda olib bormoqda:
Birinchi yoʻnalishda “Salar” oqova suvlarni tozalash inshootining ish faoliyati toʻliq oʻrganilib, uskunalar, texnik va texnologik holat tahlil etilmoqda.
Ikkinchi yoʻnalishda "Oʻzgarish” va "Noʻgʻoyqoʻrgʻon" mahallalari hududidagi korxonalar faoliyati va ularning "Salar" oqova suvlarni tozalash inshootiga chiqarayotgan tashlamalari atroflicha oʻrganilmoqda.
Uchinchi yoʻnalishda Salar kanali koʻzdan kechirilib, unga noqonuniy chiqindilar tashlash holati aniqlanmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala