Jamiyat

Oʻn beshinchi iyundan 1-sinfga qabul boshlanadi

© Sputnik/Ramiz BaxtiyarovPervыy zvonok v Tashkente
Pervыy zvonok v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.06.2021
Toshkent shahri, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarning markazida qabul jarayonlari tajriba-sinov tariqasida elektron shaklda amalga oshiriladi.
TOSHKENT, 9 iyun — Sputnik. 2021-2022 oʻquv yili uchun Oʻzbekiston umumtaʼlim maktablariga 1-sinfga hujjat qabul qilish 15 iyundan boshlanadi. Bu haqda AOKAda boʻlib oʻtgan brifingda Xalq taʼlimi vazirligi axborot xizmati rahbari Laylo Rustamova maʼlum qildi.
Uning soʻzlariga koʻra, Toshkent shahri, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarning markazida qabul jarayonlari tajriba-sinov tariqasida elektron shaklda amalga oshiriladi.
Jarayon 2 bosqichda boʻladi.
Birinchi bosqichda ota-onalar 2021 yilning 15 iyunidan 5 iyuliga qadar my.maktab.uz elektron plaftormasi orqali roʻyxatdan oʻtib, farzandlari 1-sinfga chiqadigan maktablarni tanlaydilar. Bunda ota-onalarga 3 ta maktabni tanlash imkoniyati beriladi:
birinchi maktab - ota-ona doimiy istiqomat qilayotgan hududdagi maktab, yaʼni yashash manzili biriktirilgan mikrohududdagi maktab;
ikkinchi va uchinchi maktablar - ota-onalarning ixtiyoriy tanlovi asosida farzandlarini qatnashi uchun qulay boʻlgan maktablar.
Ikkinchi bosqichda 2021 yilning 6 iyulidan 31 iyulga qadar ota-onalar elektron plaftorma orqali tanlagan birinchi maktabga, yaʼni biriktirilgan mikrohududdagi maktabga hujjatlarini topshiradilar. Bunda hujjatlarni topshirish toʻliq elektron shaklda amalga oshiriladi. Ota-onalarning doimiy yashash manzili boʻyicha biriktirilgan mikrohududdagi maktabga joylashishlari kafolatlanadi.
Agar ota-onalar mikrohudduddagi maktabni emas, boshqa maktablarni tanlagan boʻlsa, yaʼni elektron roʻyxatdan oʻtish vaqtida tanlagan ikkinchi yoki uchinchi maktablarning birida boʻsh oʻrinlar boʻlgan taqdirda 1-15 avgust kunlari hujjatlarini topshirishlari mumkin boʻladi.
330 shkola - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.06.2021
Jamiyat
Maktablar reytingi aniqlanadi va OAVda yoritiladi
XTV vakilining aniqlik kiritishicha, qolgan hududlar (Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarning boshqa tuman (shahar)lari) umumtaʼlim maktablarida 1-sinfga qabul anʼanaviy shaklda, yaʼni bevosita maktabda amalga oshiriladi.
Qabul anʼanaviy shaklda amalga oshiriladigan hududlarda ota-onalar bevosita 2021 yilning 15 iyundan 15 iyulga qadar doimiy yashash manzili boʻyicha biriktirilgan mikrohududdagi maktabga farzandlarini 1-sinfga joylashtrish uchun hujjatlarini topshirishlari mumkin.
Shuningdek, 16 iyuldan - 15 avgustga qadar ota-onalarga ixtiyoriy tanlov asosida boshqa maktablarga, yaʼni mikrohududiga kirmasa ham boʻsh oʻrinlar boʻlsa, farzandlarini 1-sinfga qabul qilish uchun boshqa maktabga hujjatlarini topshirish imkoniyati beriladi.
Laylo Rustamova umumtaʼlim maktablariga biriktiriladigan mikrohududlar mahallalarning joylashuvi va aholining demografik oʻsishini inobatga olgan holda tuman (shahar) hokimliklarining qarori asosida belgilanishini eslatdi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala