Siyosat

Oʻzbekiston va Qatar TIV rahbarlari Afgʻonistonga yordam masalasini muhokama qilishdi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovFlagi Uzbekistana i Katara
Flagi Uzbekistana i Katara - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.06.2021
Tomonlar Afgʻonistondagi tinchlik jarayonini ilgari surish, uning ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmasini qayta tiklash boʻyicha birgalikdagi saʼy-harakatlarini davom ettirishga tayyorligini bildirdi.
TOSHKENT, 9 iyun - Sputnik. Bugun, 9 iyun kuni, Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Qatar Davlati Bosh vaziri oʻrinbosari — Tashqi ishlar vaziri shayx Muhammad bin Abdulrahmon Ol Soniy bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.
Sal avval shayx Muhammad bin Abdulrahmon Ol Soniy boshchiligidagi delegatsiya Toshkentga tashrif buyurishi haqida xabar bergan edik.
Shuni alohida eʼtirof etish joizki, bu Qatar tashqi ishlar mahkamasi rahbarining Oʻzbekistonga amalga oshirgan ilk tashrifidir.
Muzokaralar chogʻida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiya va madaniy-gumanitar sohalardagi Oʻzbekiston-Qatar munosabatlarining holati va rivojlanish istiqbollari, tomonlarning xalqaro tuzilmalar doirasidagi oʻzaro munosabatlari muhokama qilindi.

Shuningdek, turli darajadagi rasmiy uchrashuvlarning jadvali va tashkiliy jihatlari koʻrib chiqildi.
Qatar Davlati Bosh vaziri oʻrinbosari — Tashqi ishlar vaziri shayx Muhammad bin Abdulrahmon Ol Soniy Oʻzbekistonda davlat va jamiyat qurilishi, iqtisodiyotni liberallashtirish, ishbilarmonlik muhiti va sarmoyaviy muhitni yaxshilash sohasida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarni yuqori baholadi.
Tomonlar Afgʻonistondagi tinchlik jarayonini ilgari surish, uning ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmasini qayta tiklash boʻyicha birgalikdagi saʼy-harakatlarini davom ettirishga tayyorligini bildirdi.
2021-yil 15-16-iyul kunlari Toshkent shahrida oʻtkaziladigan "Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bogʻliqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar" mavzusidagi yuqori darajali xalqaro konferentsiyada Qatar tomonining ishtirokiga alohida eʼtibor qaratildi.
Muzokaralar yakunida Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Qatar Davlati Hukumati oʻrtasida “Havo qatnovi toʻgʻrisida”gi bitim imzolandi. Unga koʻra “Doha-Toshkent-Doha” yoʻnalishida toʻgʻridan-toʻgʻri avia qatnovlarni yoʻlga qoʻyish koʻzda tutilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala