Hodisalar

Toshkentda harakatlanayotgan “Spark” ustiga reklama banneri quladi

© Press-slujba GUBDDSnosimыy v Tashkente reklamnыy banner upal na dvijuщiysya Spark
Snosimыy v Tashkente reklamnыy banner upal na dvijuщiysya Spark - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.06.2021
31 yoshli “Spark” haydovchisi O.I. harakatlanib ketayotgan vaqtida reklama banneri yoʻl tomonga qulab tushgan.
TOSHKENT, 9 iyun — Sputnik. Toshkent shahrida buzilayotgan reklama bannerlaridan biri harakatlanayotgan “Spark” ustiga quladi. Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi (YHXBB)axborot xizmati holat yuzasidan munosabat bildirdi.
Maʼlum qilinishicha, hodisa 8 iyun kuni soat 12:00 larda Chilonzor tumani Bunyodkor koʻchasi 2-darajali yoʻlda roʻy bergan.
31 yoshli “Spark” haydovchisi O.I. harakatlanib ketayotgan vaqtida yoʻlning oʻng tomonida olib borilayotgan demontaj ishlari sabab reklama banneri yoʻl tomonga qulab tushgan. Natijada avtomobilga zarar yetgan. Hech kim jarohatlanmagan.
Hozirda Toshkent shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari qoʻshimcha surishtiruvlar olib bormoqda. Holat oʻrganilib, belgilangan tartibda koʻrib chiqilishi taʼminlanadi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala