Dunyoda

Alyumin kuzov va barmoq izi: Toyota yangi Land Cruiser 300ni taqdim etdi

© ToyotaToyota Land Cruiser 300
Toyota Land Cruiser 300 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.06.2021
Land Cruiser 300 - asosiy oʻzgarishlar: tashqi kuzov panellari alyumin, eng kuchli dvigatel - turbo V6, oʻgʻirlashdan barmoq yordamida himoyalangan.
TOSHKENT, 10 iyun – Sputnik. Toyota kompaniyasining butun dunyoga mashhur Land Cruiser yoʻltanlamas avtomobillarining yangi seriyasi - Land Cruiser 300 taqdim etildi.
Yangi Land Cruiser chiqishi ushbu afsonaviy avtomobillar ishlab chiqaarishning 70 yillik yubileyiga toʻgʻri keldi. Ha-ha eng birinchi Toyota Land Cruiser BJ 1951 yilda ishlab chiqarilgan va Toyota kompaniyasining ilk yengil avtomobili boʻlgan.
Ekologiya va ekonomiya
Ekologiya va tejamkorlik talablariga koʻra, bundan buyon Land Cruiser avtomobillari V8 turdagi dvigatellar bilan jihozlanmaydi. Uning oʻrniga 2ta turbinali V6 dvigateli oʻrnatiladi. Shunday boʻlsada uning quvvati 415 ot kuchi va tortish kuchi 650 NM (oldingi V8 - 309 ot kuchi va 439 NM)ga ega boʻladi. Buning evaziga avtomobil yanada tezroq yuradigan boʻldi.
© ToyotaToyota Land Cruiser 300
Toyota Land Cruiser 300 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.06.2021
Toyota Land Cruiser 300
Ogʻirligi 2,6 tonna boʻlgan avtomobil 0 dan 100gacha 6,7 soniyada tezlashadi. Murakkab yoʻl sharoitlarida ham dvigatelning yuqori tortish kuchi tufayli yurishi yengilroq boʻladi. Hozircha aniq maʼlumotlar keltirilmagan boʻlsada, avtomobil oldingiga qaraganda sezilarli darajada yonilgʻi tejamkor boʻladi.
Turbo motor, albatta, oldingi atmosfera dvigatellarga qaraganda resursi kamroq boʻlishi mumkin. Bir million kilometr yurmasa ham kamida remontsiz “300 ming yuradi” deyishmoqda Toyota mahsulotlari bilan yaxshi tanish boʻlgan ekspertlar va jurnalistlar.
Haqiqiy yoʻltanlamas
Avtomobil kuzovida alohida rama saqlab qolingan. Yaʼni avtomobilning kuzovi alohida rama ustiga qoʻndirilgan. Bu koʻrsatgich “haqiqiy jip” ishqibozlari uchun juda muhim. Bunday konstruktsiya avtomobil kuzovi ogʻir yoʻl sharoitida (yoʻlsizlik sharoitida) mustahkamroq va bardoshliroq boʻlishga xizmat qiladi. Zamonaviy yengil avtomobillar va krossoverlarda rama yoʻq. Kuzovining oʻzi rama vazifasini bajaradi.
© ToyotaToyota Land Cruiser 300
Toyota Land Cruiser 300 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.06.2021
Toyota Land Cruiser 300
Toyota xabar qilishiga koʻra, avtomobilning orqa qanotdan boshqa barcha tashqi elementlari alyumindan yasalgan. Ichki elementlar esa – poʻlatdan. Buning evaziga avtomobil vazni 200kg ga yengillashtirilgan va kuzov mustahkamligi 20%ga oshirilgan.
Xavfsizlik oshirildi
Yangi Land Cruiser 300 kuzov yanada mustahkamroq boʻlishi bilan birga avtomobil faol xavfsizlik tizimlari bilan ham jihozlangan. Ular orasida aktiv radar xavfsizlik tizimi, qarama-qarshi avtomobil haydovchisi koʻzini qamashtirmaydigan chiroqlar, avtomobil yurish qismini turli yoʻl sharoitlariga avtomatik moslashish tizimlari, atrofni kuzatish kameralari va boshqalar bilan jihozlangan.
Undan tashqari, avtomobil mutlaq yangi oʻgʻirlashga qarshi tizim bilan jihozlangan. Maʼlumki Land Cruiser 100 va 200 avtomobillari Rossiyada eng koʻp oʻgʻirlanadigan avtomobillardan biri edi. Yangi Toyota esa haydovchining barmoq izlari yordamida oʻt oladi. Uning xotirasga 4 kishigacha haydovchilar kiritilshi mumkin. Bundan tizim Toyota tomonidan ilk bor qoʻllanilmoqda.
© ToyotaToyota Land Cruiser 300
Toyota Land Cruiser 300 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.06.2021
Toyota Land Cruiser 300
Shuningdek, avtomobil Toyotaning T-Mark oʻgʻirlikka qarshi tizimi bilan himoyalangan. Unda avtomobilning 10 000ta joyida mikrotochkalar bilan markirovka qilingan. Ular yordamida oʻgʻirlangan avtomobilni yoki uning detalini darhol aniqlash mumkin.
Yaxshi tomonlari oʻzgarishsiz qoldi
Toyota oʻz xaridorlarini juda yaxshi biladi va yangi avtomobillar yaratishda ularning xohish-istaklarini diqqat bilan oʻrganadi.
Yangi Land Cruiser 300 tashqi oʻlchamlari Land Cruiser 200 bilan deyarli bir xil, farqi besh millimetr atrofida. Lekin shu bilan birga salondagi oʻrindiqlar yanada qulayroq boʻlgan, zamon talabiga koʻra old panlelda ulkan multimedia ekran oʻrnatilgan. Klimat, musiqa va boshqa boshqaruv organlari faqat ekran orqali emas jismoniy nutqlari ham bor. Aksariyat mijozlar aynan shunday boʻlishini istagan.
© ToyotaToyota Land Cruiser 300
Toyota Land Cruiser 300 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.06.2021
Toyota Land Cruiser 300
Orqa oʻrindiq ham avvalgidek, biroz pastroq boʻlsada, joy yetarli. Yukoxona eshigi endi faqat tepaga ochiladi. Oldin 2 qismga boʻlinib yarmi pastga yarmi tepaga ochilar edi. Aksariyat xaridorlar buni maʼqullagan chunki, pastga qarab ochiladigan eshik baʼzan yukxona toʻridagi narsalarni olishga xalal bergan.
Faqat haydovchi oʻrindigʻi jussasi yirik boʻlgan kishilar uchun biroz toraygandek tuyulishi mumkin. Chunki markaziy tonnel juda kengaygan va unda koʻplab knopkalar va ekran joylashtirilgan.
Toyota xabariga koʻra, Land Cruiser kompaniyaning eng muvaffaqiyatli modellaridan biridir. 2019 yilning avgust oyida butun dunyo boʻylab sotilgan Land Cruiserlar soni 10 million danadan oshib ketgan.
Rossiyada 2002 -2019 yillar davomida 400 mingdan ortiq Land Cruiser sotilgan. 2007 yilda savdoga chiqarilgan Land Cruiser 200 konveyerda 14 yil davomida saqlanib turdi. Yangi avtomobil narxi 6 mln rubl ( $82 000) atrofida boʻlishi kutilmoqda.
© ToyotaToyota Land Cruiser 300
Toyota Land Cruiser 300 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.06.2021
Toyota Land Cruiser 300
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala