https://oz.sputniknews.uz/20220602/kimlarga-orik-eyish-mumkin-emas-19190766.html
Kimlarga o‘rik yeyish mumkin emas?
Kimlarga o‘rik yeyish mumkin emas?
Sputnik O‘zbekiston
Endokrinolog va parhezshunos-shifokor Tatyana Bocharova kimlarga o‘rik yeyishdan voz kechish kerakligini aytdi. 02.06.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-06-02T05:00+0500
2022-06-02T05:00+0500
2022-06-02T05:00+0500
jamiyat
shifokorlar tavsiyasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1206/95/12069598_0:161:3071:1888_1920x0_80_0_0_6b6a6e0286fe998927115cc213b6a7b5.jpg
Endokrinolog va parhezshunos-shifokor Tatyana Bocharova sog‘liqqa zarar yetkazmasdan kuniga qancha o‘rik yeyish mumkinligini aytdi, shuningdek bu mevani yozgi ratsiondan yaxshiroq chiqarib tashlashi kerak bo‘lgan kishilarni ogohlantirdi.“O‘rikni och qoringa yeyish mumkin emas - bu ovqat hazm qilish muammolariga olib kelishi mumkin, ayniqsa gastrit (remissiya holatida ham), oshqozon yarasi, ichak sindromi, pankreatit tashxisi qo‘yilganda. Agar sizda sanab o‘tilgan kasalliklar kuchaygan bo‘lsa, o‘rikdan voz kechishingiz kerak”, - deydi shifokor.O‘rik tarkibida limon va olma kislotalari mavjud, shuning uchun mevalar shilliq qavatni bezovta qilishi, jig‘ildon qaynashini keltirib chiqarishi mumkin.Bocharovaning so‘zlariga ko‘ra, hatto mutlaqo sog‘lom odamlarda o‘rik diareyaga olib kelishi mumkin, agar meyoridan ortiq iste’mol qilinsa, ich suradigan dori kabi ta’sir ko‘rsatiladi.Organizm sog‘lig‘iga zarar yetkazmasdan hazm qiladigan maksimal miqdori kuniga 200-300 grammgacha. Shuni yodda tutish kerakki, o‘rikni shu miqdorda iste’mol qilishda, uni boshqa rezamevalar yoki mevalar bilan birga iste’mol qilish kerak emas.“Quritilgan o‘rik yoki turshak, oshqozon-ichak trakti bilan bog‘liq muammolarga duch kelganlarga ham tavsiya etilmaydi. Turshak tarkibida ko‘p miqdorda shakar bor, ular oziqa tolalari bilan birga meteorizm (qorin shishishi) hosil bo‘lishiga olib keladi”, - deb qo‘shimcha qildi parhezshunos.
https://oz.sputniknews.uz/20220629/kimlarga-tarvuz-eyish-tavsiya-etilmaydi-urolog-tavsiyasi-19044620.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1206/95/12069598_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_5594b1f74ea2b1e130a960fbb8a90fb7.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
jamiyat, shifokorlar tavsiyasi
jamiyat, shifokorlar tavsiyasi
Kimlarga o‘rik yeyish mumkin emas?
Endokrinolog va parhezshunos-shifokor Tatyana Bocharova kimlarga o‘rik yeyishdan voz kechish kerakligini aytdi.
Endokrinolog va parhezshunos-shifokor Tatyana Bocharova sog‘liqqa zarar yetkazmasdan kuniga qancha o‘rik yeyish mumkinligini aytdi, shuningdek bu mevani yozgi ratsiondan yaxshiroq chiqarib tashlashi kerak bo‘lgan kishilarni ogohlantirdi.
“O‘rikni och qoringa yeyish mumkin emas - bu ovqat hazm qilish muammolariga olib kelishi mumkin, ayniqsa gastrit (remissiya holatida ham), oshqozon yarasi, ichak sindromi, pankreatit tashxisi qo‘yilganda. Agar sizda sanab o‘tilgan kasalliklar kuchaygan bo‘lsa, o‘rikdan voz kechishingiz kerak”, - deydi shifokor.
O‘rik tarkibida limon va olma kislotalari mavjud, shuning uchun mevalar shilliq qavatni bezovta qilishi, jig‘ildon qaynashini keltirib chiqarishi mumkin.
Bocharovaning so‘zlariga ko‘ra, hatto mutlaqo sog‘lom odamlarda o‘rik diareyaga olib kelishi mumkin, agar meyoridan ortiq iste’mol qilinsa, ich suradigan dori kabi ta’sir ko‘rsatiladi.
Organizm sog‘lig‘iga zarar yetkazmasdan hazm qiladigan maksimal miqdori kuniga 200-300 grammgacha. Shuni yodda tutish kerakki, o‘rikni shu miqdorda iste’mol qilishda, uni boshqa rezamevalar yoki mevalar bilan birga iste’mol qilish kerak emas.
“Quritilgan o‘rik yoki turshak, oshqozon-ichak trakti bilan bog‘liq muammolarga duch kelganlarga ham tavsiya etilmaydi. Turshak tarkibida ko‘p miqdorda shakar bor, ular oziqa tolalari bilan birga meteorizm (qorin shishishi) hosil bo‘lishiga olib keladi”, - deb qo‘shimcha qildi parhezshunos.