Mirziyoyev Rahmonni Toshkentga taklif etdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezidentы Uzbekistana i Tadjikistana Shavkat Mirziyoyev i Emomali Raxmon
Prezidentы Uzbekistana i Tadjikistana Shavkat Mirziyoyev i Emomali Raxmon - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.06.2021
Dushanbedagi “Qasri Millat” qarorgohida Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmonning tor doiradagi uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
TOSHKENT, 10 iyun — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tojikistonlik hamkasbi Emomali Rahmonni oʻzi uchun qulay vaqtda javob tashrifi bilan Oʻzbekistonga borishga taklif etdi. Davlat rahbari ushbu taklifni Dushanbe shahridagi “Qasri Millat” qarorgohida boʻlib oʻtgan tor doiradagi uchrashuvda bildirdi.
Shavkat Mirziyoyev 10-11 iyun kunlari Tojikistonga rasmiy tashrif bilan keldi. Rahmon uni aeroportda shaxsan oʻzi kutib oldi. Keyin davlat rahbarlari “Qasri Millat” qarorgohiga yoʻl olishdi. U yerda oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi, ikki mamlakat davlat madhiyalari yangradi. Prezidentlar bir biriga rasmiy delegatsiya aʼzolarini tanishtirdi. Faxriy qorovul tantanali marsh bilan davlat rahbarlari oldidan oʻtdi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaOfitsialnaya tseremoniya vstrechi prezidenta Uzbekistana Shavkata Mirziyoyeva v rezidentsii "Kasri Millat" v Dushanbe
Ofitsialnaya tseremoniya vstrechi prezidenta Uzbekistana Shavkata Mirziyoyeva v rezidentsii Kasri Millat v Dushanbe - Sputnik Oʻzbekiston
1/6
Ofitsialnaya tseremoniya vstrechi prezidenta Uzbekistana Shavkata Mirziyoyeva v rezidentsii "Kasri Millat" v Dushanbe

2/6

3/6

4/6
Ofitsialnaya tseremoniya vstrechi prezidenta Uzbekistana Shavkata Mirziyoyeva v rezidentsii "Kasri Millat" v Dushanbe
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezidentы Uzbekistana i Tadjikistana Shavkat Mirziyoyev i Emomali Raxmon
Prezidentы Uzbekistana i Tadjikistana Shavkat Mirziyoyev i Emomali Raxmon - Sputnik Oʻzbekiston
5/6
Prezidentы Uzbekistana i Tadjikistana Shavkat Mirziyoyev i Emomali Raxmon
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston
6/6
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
1/6
Ofitsialnaya tseremoniya vstrechi prezidenta Uzbekistana Shavkata Mirziyoyeva v rezidentsii "Kasri Millat" v Dushanbe
2/6
Ofitsialnaya tseremoniya vstrechi prezidenta Uzbekistana Shavkata Mirziyoyeva v rezidentsii "Kasri Millat" v Dushanbe
3/6
Ofitsialnaya tseremoniya vstrechi prezidenta Uzbekistana Shavkata Mirziyoyeva v rezidentsii "Kasri Millat" v Dushanbe
4/6
Ofitsialnaya tseremoniya vstrechi prezidenta Uzbekistana Shavkata Mirziyoyeva v rezidentsii "Kasri Millat" v Dushanbe
5/6
Prezidentы Uzbekistana i Tadjikistana Shavkat Mirziyoyev i Emomali Raxmon
6/6
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Shundan soʻng Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmonning tor doiradagi uchrashuvi boshlandi. Unda davlat rahbarlari Oʻzbekiston va Tojikiston strategik sherikligi va koʻp qirrali hamkorligining barcha jihatlarini koʻrib chiqdilar, siyosiy muloqotni yanada mustahkamlash, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish, madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirishga alohida eʼtibor qaratdilar.
Markaziy Osiyoda xavfsizlik, barqarorlik va izchil taraqqiyotni taʼminlash, xalqaro va mintaqaviy tuzilmalar doirasida hamkorlik qilish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Mirziyoyev ushbu tashrifga juda jiddiy tayyorgarlik koʻrilganini qayd etdi. Hududlar forumi muvaffaqiyatli oʻtkazildi, qiymati qariyb 700 million dollar boʻlgan aniq loyiha va shartnomalar imzolandi. Birinchi bor Tojikistonda Oʻzbekiston kinosi kunlari muvaffaqiyatli oʻtdi.
“Bir soʻz bilan aytganda, tarixiy yaqinligimiz bugun hayotga koʻchmoqda”, - dedi Shavkat Mirziyoyev.
Emomali Rahmon ushbu tashrifning ahamiyatini alohida qayd etdi. Oʻzbekiston Tojikistonning strategik sherigi va ishonchli qoʻshnisi ekanini urgʻuladi.
“Bugun siz bilan munosabatlarimizning holati va istiqbollarini hamda xalqaro va mintaqaviy masalalarni muhokama qilishga tayyorman”, – deb taʼkidladi Tojikiston yetakchisi.
Uchrashuvda tovar ayirboshlash hajmini oshirish, ikki mamlakat hududlari salohiyatini samarali ishga solish, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida sanoat kooperatsiyasini tashkil etish boʻyicha aniq takliflar ilgari surildi. Koʻp qirrali hamkorlikning yangi "oʻsish nuqtalari"ni topish muhim ekani taʼkidlandi. Shuningdek, parlamentlararo aloqalar, madaniy-gumanitar almashinuv, barqarorlik va xavfsizlikka nisbatan tahdid va xatarlarga qarshi kurashish borasidagi hamkorlikni mustahkamlash masalalariga toʻxtalib oʻtildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston xalqi va oʻzi nomidan birodar Tojikistonni mustaqilligining boʻlajak 30 yilligi bilan tabrikladi, tinchlik, farovonlik va ravnaq tiladi.
Shavkat Mirziyoyev pribыl s ofitsialnыm vizitom v Tadjikistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.06.2021
Foto
“Xush kelibsiz”: Shavkat Mirziyoyev Dushanbeda tantanali kutib olindi
Shuningdek, u tojikistonlik hamkasbini oʻzi uchun qulay vaqtda javob tashrifi bilan Oʻzbekistonga borishga taklif etdi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala