Samarqand va Xatlonda muhim ijtimoiy obʼyektlar ochildi

© Press-slujba prezidenta Respubliki TadjikistanEmomali Raxmon i Shavkat Mirziyeyev zapustili novuyu shkolu i ozdorovitelnыy kompleks
Emomali Raxmon i Shavkat Mirziyeyev zapustili novuyu shkolu i ozdorovitelnыy kompleks - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.06.2021
Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon Samarqand va Xatlonda ochilgan ijtimoiy obʼyektlar faoliyatiga start berishdi.
TOSHKENT, 10 iyun - Sputnik. Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga tashrifi davomida Oʻzbekistonning Samarqand viloyati va Tojikistonning Xatlon viloyatida ochilgan ijtimoiy obʼyektlar faoliyatiga start berishdi.
Xatlon viloyatining Koʻbodiyon tumanidagi Oʻzbekiston tomonidan qurilgan tibbiyot muassasasi ochildi. U yerda 250 oʻrinli zamonaviy koʻp tarmoqli shifoxona qurilgan boʻlib u yiliga 75 ming nafar bemorga xizmat koʻrsatish imkoniyatiga ega. Majmuada jarrohlik, urologiya, koʻz xastaliklari, intensiv davolash va reanimatsiya, pediatriya, travmatologiya, ginekologiya, homiladorlik patologiyasi, tugʻruqdan keyingi tiklanish va terapiya boʻlinmalari mavjud.
Shavkat Mirziyoyev tantanali kutib olindi - video - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.06.2021
Video
Shavkat Mirziyoyev Dushanbeda tantanali kutib olindi - video
Tojikiston tomonidan Samarqand viloyatining Urgut tumanida 640 oʻrinli umumtaʼlim maktabi barpo etilgan. Maktabning uch qavatli binosida 26 ta sinf, sport zali, faollar zali, oshxona, kutubxona, mehnat darslari va ixtisoslashtirilgan mashgʻulotlar uchun sinflar mavjud. Oʻquv maskani kompyuter texnikasi va laboratoriya jihozlari bilan taʼminlangan.
Tojikiston prezidentining matbuot uchun bergan bayonotida oʻtgan yil Soʻgʻd viloyatining Spitamen tumanida Oʻzbekiston tomonidan 630 oʻrinli maktab qurib foydalanishga topshirilgani alohida qayd etib oʻtildi.
Shuningdek, yaqin vaqt ichida Tojikiston Fargʻona viloyatining Rishton tumanida 200 oʻrinli bogʻcha qurilishi bitkazilishi ham aytib oʻtildi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala