Iqtisod

Yigirmadan ziyod hududlar qurilish materiallari ishlab chiqarishga ixtisoslashtiriladi

© Sputnik / Aleksey MayshevStroitelstvo novыx domov v Moskve
Stroitelstvo novыx domov v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.06.2021
Qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalariga berilgan kreditlar boʻyicha foiz xarajatlarini qoplash uchun kompensatsiyalar beriladi.
TOSHKENT, 10 iyun — Sputnik. “Hududlarning sanoat salohiyatini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi prezident farmoni qabul qilindi.
Farmonga koʻra, 2021 yil 1 iyuldan tegishli materiallarni ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirayotgan tadbirkorlarga Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi tomonidan quyidagilar taqdim etiladi:
- investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida, shu jumladan aylanma mablagʻlarni toʻldirish uchun beriladigan bank kreditlari summasining 50 foizigacha, biroq 15 milliard soʻmdan koʻp boʻlmagan miqdorda kafolatlar;
- Qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalariga berilgan kreditlar boʻyicha foiz xarajatlarini qoplash uchun quyidagicha kompensatsiyalar:
- milliy valyutadagi kreditlar boʻyicha – Markaziy bankning asosiy stavkasidan oshadigan, biroq 10 foiz punktidan koʻp boʻlmagan miqdorda;
- chet el valyutasidagi kreditlar boʻyicha – tijorat banklari tomonidan belgilangan stavkaning 50 foizi, biroq 4 foiz punktidan koʻp boʻlmagan miqdorda;
- sinov laboratoriyasi uskunalarini sotib olish va xalqaro sifat menejmenti standartlarini joriy etish xarajatlarini qoplash uchun kompensatsiyalar.
Farmonga koʻra, shuningdek:
24 ta tuman (shahar)lar qurilish materiallari ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilib,ularda “kichik sanoat zonalari” tashkil etiladi;
“Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi huzurida Qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish boʻyicha kengash tashkil qilinadi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala