Oʻzbekiston va Tojikiston prezidentlarining qoʻshma bayonoti - toʻliq matn

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaGlavы Uzbekistana i Tadjikistana podpisali Sovmestnoye zayavleniye po itogam peregovorov
Glavы Uzbekistana i Tadjikistana podpisali Sovmestnoye zayavleniye po itogam peregovorov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.06.2021
Shavkat Mirziyoyevning 10-11 iyun kunlari Tojikistonga boʻlib oʻtayotgan rasmiy tashrifi doirasida 26 punktdan iborat ikki davlat rahbarlarining qoʻshma bayonoti imzolandi.
TOSHKENT, 10 iyun – Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga tashrifining birinchi kunida ikki prezident tomonidan imzolangan qoʻshma bayonot eʼlon qilindi.
Oʻzbekiston va Tojikiston rahbarlari, ikki respublika mustaqilligining 30-yilligi arafasida, strategik hamkorlikni davom ettirgan holda qoʻyidagilar haqida kelishib olishdi:
1. Ikki birodar xalqning koʻp asrli tarixiy va ruhiy rishtalariga asoslangan oʻzbek-tojik munosabatlari yuqori darajali oʻzaro ishonch, haqiqiy doʻstlik va oʻzaro yordamga tayyorlik xususiyatlari bilan ajralib turadi.
2. Oʻzbekiston va Tojikiston davlat rahbarlari darajasida olib borilayotgan doimiy dialog va faol siyosiy aralashuv ikki tomonlama munosabatlar chuqurlashishiga oʻztining sezilarli hissasini qoʻshadi.Ushbu maʼnoda Oʻzbekiston prezidentining 10-11 iyun kunlari boʻlib oʻtayotgan tashrifi – ikki tomonlama munosabatlar, koʻp qirrali hamkorlikni va strategik hamkorlikni mustahkamlashda oʻta muhim ahamiyatga ega.
3. Muvaffaqiyatli rivojlanib borayotgan oʻzbek-tojik munosabatlari Markaziy Osiyo hududida yangi hamkorlik muhiti yaratilishiga xizmat qiladi. Shu sababli hududdagi davlatlar rahbarlarining Konsultativ uchrashuvlari hamda turli darajadagi tashqi siyosiy uchrashuvlarini davom ettirish maqsadga muvofiq boʻladi.
Tomonlar 2021 yilda oʻzaro kelishilgan vaqt va joyda Markaziy Osiyo davlat rahbarlari uchrashuvini oʻtkazish muhim ekanini qayd etishdi.
4. Parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish oʻzaro manfaatli boʻlgan oʻzbek-tojik hamkorligining ajralmas boʻlagi hisoblanadi.
Tomonlar ikki davlat parlamentlarining doʻstlik guruhlari hamda xalqaro parlamentlararo tashkilotlar doirasida “parlament diplomatiyasi” mexanizmini kengaytirishga harakat qilishadi.
5. Savdo–iqtisodiy sohada hamkorlik qilish koʻp qirrali oʻzbek-tojik munosabatlarining eng muhim yoʻnalishlaridan hisoblanadi.
Oʻzbekiston va Tojikiston bosh vazirlari rahbarligi ostida tashkil qilingan savdo-iqtisodiy hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiya – iqtisodiy hamkorlikning samarali mexanizmidir.
Hukumatlararo komissiyaning soʻnggi yillardagi samarali faoliyati savdo va investitsion sohalarda munosabatlarning izchil faollashuviga olib keldi.
Tomonlar ikki tomonlama savdo hajmi sezilarli darajada oʻsgani, ishlab chiqarishning turli sohalarida kooperatsion aloqalar chuqurlashgani va ikki davlat iqtisodining mavjud zahiralari ishga tushirilganini qayd etishdi.
6. Davlat rahbarlari oʻzaro savdoda qulay sharoitlar yaratish va mavjud toʻsiqlarni olib tashlash va uning tarkibini kelajakda ham diiversifikatsiya qilish masalalari muhim vazifa boʻlib qolayotganini qayd etishdi.
Bu borada tomonlar manfaatdor kompaniyalar orasida uzoq muddatli va oʻzaro manfaatli aloqalarni rivojlantirish va kelgusi yilda oʻzaro savdo miqdorini 2 baravar oshirishga kelishib olishdi.
7. Davlat rahbarlari Oʻzbekiston va Tojikiston orasida sanoat kooperatsiyasi sohasida katta imkoniyatlar mavjudligini qayd etishdi.
Mahalliy xom-ashyoni qayta ishlashga, eksportga moslashtirilgan va import oʻrnini bosuvchi mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashgan qoʻshma korxonalar tashkil qilish haqida kelishuvga erishildi.
Bu borada Tomonlar yangi tashkil etilgan, ustav kapitali 50 million dollar boʻlgan sanoat kooperatsiyasi sohasida loyihalar yaratish va ularni targʻib qilishga ixtisoslashgan oʻzbek-tojik Investitsion kompaniyasi muhim ahamiyatga ega ekanini qayd etishdi.
8. Oʻzbekiston va Tojkiston orasida hududlararo aloqalarni chuqurlashtirishda davom etish muhim ahamiyatga ega.
Prezidentlar 2021 yilning 9 iyun kuni Xatlon viloyatida boʻlib oʻtgan birinchi Hududlararo investitsion forumni yuqori baholashdi.
Hududlararo tashabbuslarni davom ettirish, oʻzaro biznes-missiyalar oʻtkazish va qardoshlik aloqalari oʻrnatish muhim ekani qayd etildi.
9. Prezidentlar transport va transport kommunikatsiyalar sohalarida oʻzbek-tojik munosabatlari strategik ahamiyatga ega ekanini va ularni rivojlantirish ikki davlat manfaatlariga javob berishini qayd etishdi.
Tomonlar kelajakda ham Markaziy Osiyoni hududda samarali tranzit koridoriga aylantirish boʻyicha harakatlarni davom ettirishga kelishib olishdi.
Ikki davlat shaharlari orasida avtobus, temiryoʻl va aviaparvozlarni yoʻlga qoʻyish, Oʻzbekiston va Tojikiston orasida yuk, yoʻlovchi va sayyohlar oqiminig oshishiga olib kelishi qayd etildi.
10. Davlat rahbarlari 2018 yilning 9 mart kuni Dushanbeda imzolangan oʻzbek-tojik chegarasining alohida uchastkalari toʻgʻrisdagi shartnomaning imzolanishi tarixiy ahamiyatga ega deb qayd etishdi.
Davlat chegaralarini demarkatsiya qilish borasida konstruktiv dialogni davom ettirish muhim ahamiyatga ega.
11. Oʻzbekisto va Tojikiston Markaziy Osiyo suv va energetika boyliklarini oʻzaro manfaatli asosda foydalanish tarafdori boʻlishdi. Ushbu maqsadda uzoq muddatli samarali hamkorlik mexanizmlari ishlab chiqiladi.
Tomonlar Tojikiston Respublikasida gidroenergetika loyihalarida birgalikda ishtirok etishga kelishib olishdi.
12. Koronavirus pandemiyasi vaqtida amalga oshirilgan oʻzbek-tojik hamkorligi oʻzaro doʻstlik va qoʻllab-quvvatlashning yuqori printsiplarini namoyish etdi.
Tojikiston prezidenti Oʻzbekiston prezidentiga 2020 yilda oʻz vaqtida tibbiy buyumlar, aspob-uskuna va mobil tibbiy muassasa koʻrinishida yetkazib berilgan insonparvarlik yordami uchun chuqur minnatdorlik bildirdi.
13. Pandemiya tufayli sodir boʻlgan krizis oqibatlarini samarali yengish uchun sogʻliqni saqlash va sanitar-epidemiologik barqarorlik sohasida yaqin hamkorlikni yoʻlga qoʻyish hal qiluvchi ahamiyatga ega.
Bu borada, infektsion kasalliklarni diagnostika qilish, profilaktika va davolash sohalarida amalga oshirilayotgan qoʻshma loyihalarni davom ettirish muhim ahamiyatga ega.
14. Iqlim oʻzgarishi tufayli sodir boʻlayotgan jarayonlarni hisobga olib, Tomonlar ushbu global hodisa taʼsirini yumshatish, tabiiy va texnogen ofatlarning oldini olish va oqibatlariga qarshi birgalikda kurashish choralarini ishlab chiqish uchun ikki davlat taaluqli sohalari orasida yanada yaqinroq munosabatlar oʻrnatish kerakligini qayd etishdi.
Oʻzbekiston prezidenti Tojikiston rahbariga 2020 yilda Sardoba suv omborida sodir tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf qilishda koʻrsatgan gumanitar yordami va qurilish materiallari yetkazib bergani uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.
15. Oʻzbekiston va Tojikiston tomonidan bir-birining hududida ijtimoiy obʼyektlar qurilishi - ikki davlat orasidagi doʻstlikning yorqin timsoli boʻldi.
Prezidentlar 2021 yilning 10 iyunida Samarqand viloyati Urgut tumanida Tojikiston Respublikasi tomonidan qurilgan maktabni hamda Oʻzbekiston tomonidan Xatlon viloyatining Kobodiyon tumanida qurilgan shifoxona ishga tushirilishini olqishlashdi.
16. Oʻzbek va tojik xalqari madaniyati va urf-odatlari yaqinligini inobatga olib, madaniy gumanitar sohalarda hamkorlikni kengaytirish oʻta muhim ahamiyatga ega.
Ikki davlat hukumatlari oʻzbek va tojik tillarida kitoblar va davriy nashrlar chop etish uchun sharot yaratishda davom etishadi.
Tomonlar OAVlar, ilmiy muassasalar, doʻstlik jamiyatlari, badiiy va teatr jamoalari orasida madaniyat, taʼlim, fan, sport, turizm hamda doʻstona almashuv munosabatlarini davom ettiradi.
17. Tomonlar genderlar tengligini, ayollar huquqlarini kengaytirish, jamiyatda inson potentsialini rivojlantirish tarafdori ekanliklarini qayd etishdi.
18. Hududiy xavfsizlik masalalarida hamkorlikni mustahkamlash – oʻta muhim ahamiyatga ega. Xalqaro terrorchilik, ekstremizm, diniy radikallik, narkotilar noqonuniy aylanishi transnatsional jinoyatchilik va kiberjinoyatchilik xavflari yuqori darajada qolmoqda. Maxsus xizmatlar, huquqni saqlash organlari va boshqa muassasalar orasida hamkorlik davom etadi.
19. Oʻzbek va tojik xalqlari qardosh afgʻon xalqining yaxshi qoʻshnisidir. Shu sababli xalqaro hamjamiyat tomonidan ushbu hududda xavfsizlikni taʼminlash, tinchlik oʻrnatish va respublikaning iqtisodiy qayta tugʻilish uchun choralar koʻrilishi, jumladan 2021 yil davomida xalqaro koalitsiya qoʻshinlarini olib chiqish – muhim ahamiyatga ega.
Tojikiston prezidenti Oʻzbekistonning Afgʻonistonda tinchlik oʻrnatishga qaratilgan saʼy-harakatlarini olqishlaydi.
Tojikiston tomoni Oʻzbekiston prezidentining BMT BAning 75-sessiyasida Afgʻonistn boʻyicha doimiy qoʻmita tashkil qilish tashabbusini yuqori baholaydi va qoʻllab-quvvatlaydi.
Oʻzbekiston prezidenti 2021 yilning 29-30 mart kunlari Dushanbeda oʻtkazilgan “Osiyo Yuragi– Istanbul jarayoni”, 2021 yil 13-14 iyul kunlari Dushanbeda tashqi ishlar vazirlari darajasida boʻlib oʻtishi rejalashtirilayotgan “SHHT-Afgʻoniston” uchrashuvini yuqori baholaydi.
20. Davlat rahbarlari BMTning universal xalqaro tuzilma va davlatlararo munosabatlarni hal qilish maydonchasi sifatida tutgan oʻrnini mustahkamlanishi tarafdori.
Oʻzbekistn tomoni Tojikistonning global suv tashabbuslariga yuqori baho beradi. Shuningdek 2020 yilning 21 dekabrida qabul qilingan BMT rezolyutsiyasiga ham.
Oʻzbekiston prezidenti Tojikiston prezidetnining 2025 yilni “Xalqaro muzliklarni saqlab qolish yili” deb atash tashabbusini qoʻllab-quvvatlaydi.
Oʻzbekiston va Tojikistonning “Orolni qutqaruv fondi” doirasidagi hamkorligi ham muhim ahamiyatga ega. Ushbu maydon ijtimoiy-iqtisodiy, suv xoʻjaligi va ekologik muammolarni hal qilishda alohida ahamiyatga egadir.
Oʻzbekiston kelajakda ham ushbu Fondda Tojikistonning raisligini saqlab qolish tarafdori.
Tojikiston prezidenti Oʻzbekiston tashabbusi bilan BMT Bosh Assambleyasida qabul qilingan Orolboʻyi hududini ekologik innovatsiyalar va texnologiyala hududi deb eʼlon qilish tashabbusini maʼqullaydi.
Ikki davlat rahbarlari Oʻzbekiston prezidenti huzuridagi Xalqaro innovatsiyalar markazi va BMT qaramogʻi ostidagi Koʻphamkorli trast fondi hududda ekologik, ijtimoiy va iqtisodiy vaziyatning yaxshilanishiga olib kelishiga ishonch bildirishdi.
21. Tomonlar BMT, SHHT, MDH, Islom hamkorligi tashkiloti, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti YEHXT,Osiyoda ishonch va hamkorlik kengashi va boshqa xalqaro tashkilotlar doirasida hamkorlikni davom ettirishga ishonch bildirishdi.
Tojikiston prezidenti 2025-2027 yillarda BMTning Iqtisodiy kengashi, va 2025-2028 yillarda BMTning inson huquqlari boʻyicha kengashiga Oʻzbekiston nomzodligini qoʻllab quvvatlashga ishonch bildirdi.
Oʻzbekiston prezidenti Tojikiston nomzodini BMT Xavfsizlik kengashiga 2028-2029 yillarda qoʻllab quvvatlashiga ishonch bildirdi.
22. Tojikiston prezidenti Oʻzbekistonning 2020 yilda MDHda raislik faoliyatiga yuqori baho berdi.
23. Oʻzbekiston prezidenti SHHTda 2020-2021 yillarda Tojikiston raisligini qoʻllab quvvatladi.
24. Tojikiston 2021 yilning iyul oyida Toshkentda “Markaziy Osiyo va Janubiy Osiyo: hududiy aloqalar. Chaqiriqlar va imkoniyatlar” xaqlaro anjumani oʻtkazishni qoʻllab-quvvatladi va unda Tojikiston delegatsiyasi ishtirokini tasdiqladi.
25. Davlat rahbarlari Oʻzbekiston prezidentining Tojikistonga tashrifini yuqori baholashdi va boʻlib oʻtgan muzokaralar va imzolangan hujjatlar ikki tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirishga yangi turtki berishiga ishonch bildirishdi.
26. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonga koʻrstilgan mehmondoʻstlik va iliq qabul uchun minnatdorlik bildirdi.
Oʻzbekiston rahbari Tojikiston prezidetnini javob tashrifi bilan Oʻzbekistonga taklif qildi. Taklif qabul qilindi. Tashrif sanasi diplomatik kanallar orqali muvofiqlashtiriladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala