Sport

Bokschi Shohjahon Ergashev tanzaniyalik raqibini muddatidan avval taslim etdi

© Press-slujba NOKBokser Shoxjaxon Ergashev
Bokser Shoxjaxon Ergashev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.06.2021
Shohjahon Ergashev texnik nokaut bilan gʻalabasini nishonladi.
TOSHKENT, 12 iyun — Sputnik. Toshkentda professional boks kechasi tashkil etildi. Kechaning asosiy jangi Shohjahon Ergashev va tanzaniyalik Salimu Jengo oʻrtasida boʻlib oʻtdi.
Oʻzbekistonlik bokschi birinchi raundda kuchli zarbalari bilan raqibini muvozanatni yoʻqotishiga erishdi. Hakam hisobni ochdi va darhol texnik nokautni qayd etdi.
Shundan soʻng tortishuv yuzaga keldi. Har ikkala bokschi jangni davom ettirishga tayyorligini bildirdi va buni hakamdan talab qilishdi.
Biroq hakam oʻz qarorini oʻzgartirmadi va natijada Shohjahon Ergashev texnik nokaut bilan gʻalabasini nishonladi.
Jangdan soʻng Shohjahon instagramdagi sahifasida hakamning qaroridan rozi emasligi haqida yozdi.
Shuningdek, ushbu kechada oʻzbekistonlik bokschilar Ulugʻbek Haqberdiyev, Jamshidbek Najmiddinov, Botirjon Zokirov va Asrorbek Rahimov reyting janglarini muvaffaqiyatli oʻtkazishdi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala