Siyosat

Rahmonbek Usmonov Toshkent metropoliteni rahbari boʻldi

© Press-slujba MintrasaRaxmanbek Usmanov stal nachalnikom metropolitena Tashkenta.
Raxmanbek Usmanov stal nachalnikom metropolitena Tashkenta. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.06.2021
Poytaxt metropoliteniga yangi rahbar tayinlandi. Bu lavozimni Toshkentning sobiq hokimi egalladi.
TOSHKENT, 12 iyun — Sputnik. Rahmonbek Usmonov “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruv raisi oʻrinbosari – “Toshkent metropoliteni” UK boshligʻi etib tayinlandi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.
U ushbu lavozimda 2016 yil oktyabridan beri poytaxt metropoliteniga rahbarlik qilib kelayotgan Oybek Xudoyqulovni almashtirdi.
Usmonov 2011 yildan 2018 yil apreliga qadar Toshkent shahri hokimini lavozimida mehnat qilgan.
U 2018 yil aprelidan Avtomobil transporti agentligi (ayni paytda tugatilgan) rahbarining birinchi oʻrinbosari sifatida ishlagan, oʻsha yil oktyabr oyidan Yunusobod tumani hokimi lavozimida ish boshlagan edi.
Usmonov 2021 yil yanvaridan transport vaziri oʻrinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala