Rossiya

Rossiyada COVID-19 bilan kasallanish keskin koʻpaymoqda

© Sputnik / Ilya Pitalev / Fotobankka oʻtishGospital dlya bolnыx COVID-19
Gospital dlya bolnыx COVID-19 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.06.2021
Rossiyada 15 fevraldan buyon eng yuqori koʻrsatgich qayd etildi. Bir kunda 13 mingdan ziyod kishida koronavirus qayd etildi.
TOSHKENT, 12 iyun — Sputnik. Rossiyada oʻtgan kun davomida 13 510 ta koronavirus bilan kasallanishning yangi holatlari aniqlandi. Bu 15 fevraldan buyon eng yuqori koʻrsatgich.
Aniqlangan kasallanish holatlarining eng yuqori hissasi Moskva shahri (6701), Moskva viloyati (889) va Sankt-Peterburgga (867) toʻgʻri kelmoqda.
Kecha 9 986 kishi koronavirusdan tuzalgan. Shu bilan birga, 399 bemor vafot etgan.
Pensioner, illyustrativnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.04.2021
Rossiya
Moskvada COVID-19 ga qarshi emlangan keksalar ragʻbatlantiriladi
Moskva meri Sergey Sobyanin shaharda epidemiologik vaziyat ogʻirlayotganini bildirib, lokdaun joriy etish rejalashtirilmayotganini aytdi. U moskvaliklar va shahar mehmonlarini Rospotrebnadzor talablariga rioya qilishga chaqirdi. Sobyaninning soʻzlariga koʻra, emlanish pandemiyani yengeshning yoʻlidir. Shu bois u aholidan emlanishni ortga surmaslikni soʻradi.
Koronavirus pandemiyasi boshlangandan buyon Rossiyada 5,1 milliondan ziyod kishi virus yuqtirib olgan. Shulardan 4,7 milliondan ortigʻi shifo topgan. Jami 126 073 ta oʻlim holati qayd etilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala