Iqtisod

Senat: “Uzbekistan Airways” chiptalari narxi oʻrtacha 36 foizdan 148 foizgacha qimmat

© Sputnik / Aleksandr Kryajev / Fotobankka oʻtishGrajdanka Uzbekistana v novosibirskom aeroportu Tolmachevo
Grajdanka Uzbekistana v novosibirskom aeroportu Tolmachevo - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.06.2021
“Uzbekistan Airways” aviachiptalari boshqa aviakompaniyalarnikiga nisbatan oʻrtacha 36 foizdan 148 foizgacha qimmat ekanini aniqlandi.
TOSHKENT, 12 iyun — Sputnik. Senator soʻroviga asosan Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi “Uzbekistan Airways” kompaniyasining aviachiptalar va aviatashish xizmatlarini oʻrgandi. Bu haqda Senat matbuot xizmati xabar berdi.
Oʻrganish natijalariga koʻra, aviakassalarda “Uzbekistan Airways” aktsiyadorlik jamiyati tomonidan mahalliy va xalqaro yoʻnalishlarda mavjud barcha tariflar haqidagi maʼlumotlar isteʼmolchilarga toʻliq yetkazilmagan.
Shuningdek, aviakompaniya Toshkent-Moskva bir tomonlama yoʻnalishda chiptalar “bagajsiz ekonom” sinfida 131 yevrodan 211 yevrogacha, “ekonom” sinfida 145 yevrodan 335 yevrogacha, biznes-sinfda 642 yevrodan 862 yevrogacha etib belgilagan boʻlsa-da, arzon narxlardagi aviachiptalarni sotuvga chiqarmagan.
Grajdane Uzbekistana v aeroportu - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.04.2021
Jamiyat
“Nega qimmat”: senatorlar aviachiptalar narxi yuzasidan MQKQga soʻrov yubordi
Bundan tashqari, oʻrganishlar davomida kompaniya mahalliy yoʻnalishlar uchun belgilangan narxlar boshqa davlatlardagi narxlardan qimmatligi, xususan, “Uzbekistan Airways” AJ tomonidan belgilangan narxlar xorijiy aviakompaniyalarning narxlaridan oʻrtacha 36 foizdan 148 foizgacha yuqori ekanligi maʼlum boʻldi.
“Toshkent-Urganch (uchish vaqti 1 soat 15 minut) yoʻnalish boʻyicha “bagajsiz ekonom” sinfidagi chipta narxi oʻrtacha 41 yevro etib belgilangan. Huddi shu xizmat Rossiyada (Sankt-Peterburg-Moskva – yoʻnalishi 1 soat 30 minut) oʻrtacha 27 yevroni tashkil etadi. Bundan koʻrish mumkinki, “Uzbekistan Airways” AJ tomonidan parvoz uchun belgilangan narx 56 foizga qimmat. “Uzbekistan Airways” AJning ushbu yoʻnalish boʻyicha “ekonom” sinfidagi aviachipta narxi Qozogʻistondagi aviakompaniyadagi narxlardan 40 foizga, Turkiyadagi aviakompaniya narxlaridan esa 146 foiz qimmat ekanligi aniqlandi” – deyiladi xabarda.
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi ushbu muammolarni bartaraf etish va kelgusida fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida Transport vazirligiga bir qator takliflar yuborgan.
Bildirilgan takliflarning ijro etilishi Senatning Mudofaa va xavfsizlik qoʻmitasi tomonidan nazoratga olindi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq senatorlar aviachiptalar narxining qimmatligi boʻyicha Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasiga soʻrov yuborgani xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala