Hodisalar

Andijonda ona oʻgʻlini kaltaklab, tilanchilik qilishga majburlayotgani aytilmoqda

© MNORebenok
Rebenok - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.06.2021
Videoda bolaning tanasida, yuzida jarohatlari borligi koʻrsatilgan. Qoʻlidagi jarohatga qizib turgan dazmol bosilgani aytilgan.
TOSHKENT, 13 iyun — Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyatida ayol oʻz oʻgʻlini kaltaklab, tilanchilik qilishga majburlab kelgani aytilgan video tarqaldi.
Videoda bola koʻchada tilanchilik qilishga uning onasi majburlashini aytadi. Bolaning tanasida, yuzida jarohatlari borligi, xususan, qoʻli tosh bilan urilgani, qizigan dazmol bosilgani aytilgan va jarohatlangan joylari koʻrsatilgan.
© YouTube / Shuxrat MusayevAndijonda ona oʻgʻlini kaltaklab, tilanchilik qilishga majburlab kelgani aytilmoqda
Andijonda ona oʻgʻlini kaltaklab, tilanchilik qilishga majburlab kelgani aytilmoqda - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.06.2021
Andijonda ona oʻgʻlini kaltaklab, tilanchilik qilishga majburlab kelgani aytilmoqda
Bosh prokuratura matbuot xizmati voqeaga munosabat bildirib, ushbu holatni Andijon viloyati prokuraturasi oʻrganayotganini maʼlum qildi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala