Jamiyat

Ikki mingta oilaviy nodavlat bogʻchalar faoliyati yoʻlga qoʻyiladi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaDeti v detskom sadike "Tabassum", Karakalpakiya
Deti v detskom sadike Tabassum, Karakalpakiya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.06.2021
TOSHKENT, 13 iyun — Sputnik. “Qamrov darajasi past boʻlgan tumanlarda maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarmogʻini kengaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, bolalarni maktabgacha taʼlim bilan qamrab olish darajasi past boʻlgan 53 ta tumanda 2021–2022 yillarda:
2 mingta oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyati yoʻlga qoʻyilib, buning hisobiga 50 ming nafar tarbiyalanuvchi uchun yangi oʻrinlar yaratiladi;
umumiy quvvati 11,2 ming oʻrindan ziyod boʻlgan 100 ta davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyati yoʻlga qoʻyiladi;
quvvati 7,5 ming oʻringa teng boʻlgan 50 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti quriladi;
davlat va nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarmogʻini kengaytirish hisobiga ularning soni 20 mingtaga yetkaziladi hamda 7,5 mingdan ortiq yangi ish oʻrinlari yaratiladi.
Qarorga koʻra, 2021 yil 1 iyuldan:
- oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga mavjud quvvatiga qarab 50 nafargacha bolani tarbiyalashga hamda tarbiyalanuvchilar sonidan kelib chiqib 4 nafargacha tarbiyachi va yordamchilarni yollashga ruxsat beriladi;
- oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari tomonidan yollangan (Toshkent shahri, Nukus shahri va viloyatlar markazlarida – 2 nafargacha, boshqa hududlarda – 4 nafargacha) tarbiyachi va yordamchilarga tegishli toifa boʻyicha qisqa muddatli yoki 9 soatlik davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash shartlarida va hajmlarda ish haqi toʻlanadi;
- oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari hududiy maktabgacha taʼlim boshqarmalari orqali oʻquv materiallari bilan bepul taʼminlanadi;
- 2022 yil 1 yanvarga qadar oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga mebel, jihoz va asbob-uskunalarni sotib olish uchun 30 million soʻmgacha miqdorda 3 yil muddatga 6 oylik imtiyozli davr bilan 5 foizli stavkada kreditlar ajratiladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala