Iqtisod

Olis hududlarda joylashgan bogʻchalarga subsidiyalar toʻlanadi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaDetskiy sadik v Priaralye
Detskiy sadik v Priaralye  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.06.2021
Har bir tarbiyalanuvchi bola uchun davlat maktabgacha taʼlim tashkilotining bir nafar tarbiyalanuvchisi uchun sarflanadigan xarajatlar summasining 75 foizi miqdorida subsidiya toʻlanadi.
TOSHKENT, 13 iyun — Sputnik. “Qamrov darajasi past boʻlgan tumanlarda maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarmogʻini kengaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga koʻra, 2021 yil 1 iyuldan:
belgilangan tumanlarda 100 ta davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etish uchun 7 yil muddatga 2 yillik imtiyozli davr bilan 5 foizlik stavkada kreditlar ajratiladi;
olis va chekka hududlarda joylashgan davlat-xususiy sheriklik asosidagi tegishli nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga:
har bir tarbiyalanuvchi bola uchun davlat maktabgacha taʼlim tashkilotining bir nafar tarbiyalanuvchisi uchun sarflanadigan xarajatlar summasining 75 foizi miqdorida subsidiya toʻlanadi;
Yoshlar daftari”, “Temir daftar” yoki “Ayollar daftari”ga kiritilgan oilalarning har bir tarbiyalanuvchi farzandlari uchun davlat maktabgacha taʼlim tashkilotining bir nafar tarbiyalanuvchisi uchun sarflanadigan xarajatlar summasining 25 foizi miqdorida subsidiya toʻlanadi;
Shuningdek, davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga foydalangan elektr energiyasi va tabiiy gaz xizmatlari narxining 50 foizi miqdorida oylik kompensatsiyalar toʻlanadi.
2018–2019 yillarda nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etish uchun avval berilgan kreditlar boʻyicha imtiyozli davr muddati 2022 yil 1 yanvarga qadar uzaytiriladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala