Jamiyat

IIV Kattaqoʻrgʻondagi YPX inspektorlari voqeasiga rasmiy munosabat bildirdi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovBodi-kamera i znachok ispektora DPS
Bodi-kamera i znachok ispektora DPS - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.06.2021
IIV Kattaqoʻrgʻonda fuqaroning vafoti bilan tugagan YHX boʻlinmasi xodimlari ishi yuzasidan jinoyat ishi ochilganini maʼlum qildi.
TOSHKENT, 14 iyun - Sputnik. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Samarqand viloyati Kattaqoʻrgʻon tumanida YPX inspektorlari ishtirokida sodir boʻlgan fojiaga rasmiy munosabat bildirdi.

IIV, xabarida ushbu holat yuzasida prokuratura organlari tomonidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilganligini va tergov harakatlarini olib borilayotganligini maʼlum qilgan.

Shuningdek, IIV oʻz xabarida jurnalistlardan voqeaga xolis yondashishni va har bir fuqaro aybi sudda tasdiqlanmagunicha aybsiz hisoblanishini eslatib oʻtgan.
Kun.uz nashri xabar qilishiga koʻra, 9 iyun kechasi 41 yoshli soliq noziri Azizbek Ahmedov oʻz avtomobilida svetoforning qizil chirogʻiga chorrahadan oʻtadi va IIB YHX boʻlinmasi xodimlari tomonidan toʻxtatiladi. IIB xodimlari A.Ahmedovni spirtli ichimliklar ichishda gumon qilib majburiy tekshiruvdan oʻtkazishga olib borishmoqchi boʻlishadi, lekin fuqaro bunga rozi boʻlmaydi. Toʻrt nafar IIB xodimlari va A.Ahmedov orasida tortishuv jarayoni fuqaroning vafoti bilan tugaydi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala