Iste’dodlar qayerdasiz? O‘zbekistonda iqtidorli yoshlar zamonaviy san’at ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi

© Press-slujba sentra “Navqiron O'zbekiston”“Navqiron O'zbekiston” - vistavka sovremennogo iskusstva talantlivoy molodeji respubliki Uzbekistan
“Navqiron O'zbekiston” - vistavka sovremennogo iskusstva talantlivoy molodeji respubliki Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.06.2021
Obuna bo‘lish
Ko‘rgazmada namoyish etilayotgan ijodiy ishlar Hakamlar hay’ati tomonidan baholanadi va g‘oliblar aniqlanadi. Bundan tashqari har bir yo‘nalish bo‘yicha rag‘batlantiruvchi nominatsiyalar belgilanadi.
TOShKENT, 14-iyun - Sputnik. O‘zbekistonda "Navqiron O‘zbekiston" iqtidorli yoshlar respublika zamonaviy san’at ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.
"Navqiron O‘zbekiston" respublika zamonaviy san’at ko‘rgazmasining asosiy maqsad va vazifalari zamonaviy san’atning barcha sohalarida ijod qilayotgan yosh rassomlarning salohiyatini qo‘llab-quvvatlash va ochishga, shuningdek, ularning ijodlarini keng targ‘ib qilishga qaratilgan.
Studenti filiala NIYaU MIFI na torjestvennoy seremonii otkritiya vuza v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.02.2020
Iqtidorli va ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalar qo‘shimcha rag‘batlantiriladi
Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida ijod qilayotgan yoshlarning ijodiy va intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish, tasviriy san’at, dizayn sohasidagi mahorati bilan odamlarning yuragiga yetib boradigan, yoshlarni ezgulikka chorlaydigan, ularni ma’naviy barkamol insonlar qilib tarbiyalashga xizmat qiladigan asarlar yaratishda faollik ko‘rsatayotgan 23 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lgan iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishdan iborat.
Respublikaning barcha hududlaridan yuborilgan ijodiy ishlar birinchi navbatda Ishchi guruh tomonidan saralandi va ko‘rgazmada namoyish etish uchun tavsiya etildi.
Ko‘rgazmada namoyish etilayotgan ijodiy ishlar Hakamlar hay’ati tomonidan baholanadi va g‘oliblar aniqlanadi. Bundan tashqari har bir yo‘nalish bo‘yicha rag‘batlantiruvchi nominatsiyalar belgilanadi.
Mona Liza krupno - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.05.2020
Tungi rassomning Chilonzor devorlaridagi sirli asarlari – foto
Tanlovning yopilish marosimida g‘oliblar "Navqiron O‘zbekiston" respublika zamonaviy san’at ko‘rgazmasining Oltin, Kumush va Bronza medallari, Diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi. Shuningdek, ko‘rgazma ishtirokchilariga Sertifikat topshiriladi.
O‘zbekiston Rassomlar Uyushmasi san’atshunoslar bo‘limining raisi Ahmedova Elmira "Navqiron O‘zbekiston" ko‘rgazmasining kuratori sifatida ishtirok etadi.
"Navqiron O‘zbekiston" respublika zamonaviy san’at ko‘rgazmasi g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi 30-iyunda Markaziy ko‘rgazmalar zalida bo‘lib o‘tadi.
Yangiliklar lentasi
0