Jamiyat

Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan “ISUZU” avtobuslari Bishkek koʻchalarida qatnay boshladi

© Mintrans UzbekistanaNovыe avtobusы Isuzu
Novыe avtobusы Isuzu - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.06.2021
Avtobuslar poytaxt markaziga xizmat koʻrsatadigan yoʻnalishlarga qoʻyilishi rejalashtirilgan
TOSHKENT, 14 iyun - Sputnik. Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan avtobuslarining birinchi partiyasi Qirgʻiziston poytaxtiga yetkazib berildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA.
Bishkek shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Baktibek Kudaybergenov Qirgʻizistonning "Kabar" davlat axborot agentligiga Oʻzbekistondan shu kunlari jami 50 ta avtobus olib kelinishi kutilayotganini maʼlum qilgan.
"Hozir Oʻzbekiston ishlab chiqarilgan "ISUZU" rusumidagi 21 ta avtobus olib kelindi. Qolgan 29 ta avtobus bir hafta davomida keltiriladi. Bu avtobuslar poytaxt tadbirkorlari tomonidan olib kelinmoqda. Loyiha Qirgʻiziston investitsiya vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshirilganini taʼkidlashni istardim", degan B.Kudaybergenov "Kabar" AAga bergan intervyusida.
U shuningdek, bu avtobuslar juda qulay va zamonaviy ekanini bildirgan.
"Avtobuslar poytaxt markaziga xizmat koʻrsatadigan yoʻnalishlarga qoʻyilishi rejalashtirilgan. Shu tariqa shaharning markaziy koʻchalaridagi qatnovlarda yengillik yaratiladi", deydi Bishkek hokimi vazifasini bajaruvchi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala