Dunyoda

AQSH yirik kimyo zavodida yongʻin yuz berdi, aholi evakuatsiya qilinmoqda - video

CC0 / pixabay / Pojarnaya mashina na meste vozgoraniya. Illyustrativnoye foto
Pojarnaya mashina na meste vozgoraniya. Illyustrativnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.06.2021
Illinoys shtatidagi Rokton shahrida Chemtool kimyo zavodida yongʻin sodir boʻldi.
TOSHKENT, 15 iyun — Sputnik. Illinoys shtatidagi Rokton shahrida Chemtool kimyo zavodida yongʻin sodir boʻldi. Hozirda hodisa sodir boʻlgan joydan aholi va korxona ishchilari evakuatsiya qilinmoqda, deb yozadi RIA Novosti amerikalik OAV maʼlumotlariga asosan.
Taʼkidlanishicha, ertalab zavodda yongʻin boshlandi, sabab hozircha nomaʼlum.
Olovni suv bilan oʻchirishdan voz kechildi. Yongʻin oʻchirish xizmati boshligʻi Rokton Kirk Uilsonning soʻzlariga koʻra, bu Missisipi daryosining irmogʻi boʻlgan Rok daryosiga xavfli suv oqib tushishiga olib kelishi mumkin.
Mahalliy hokimiyat organlari oltingugurt kislotasi, azot va qoʻrgʻoshin kabi kimyoviy moddalarning tarqalish xavfidan xavotirda.
Sogʻliqni saqlash departamenti xodimi Sandra Martell fuqarolarga koʻchada niqob taqishni tavsiya qildi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala