Jamiyat

"Gender tenglik - 2030" strategiyasi qabul qilindi - Tanzila Narbayeva

© SenatTanzila Narbayeva vo vremya vizita v RF
Tanzila Narbayeva vo vremya vizita v RF - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.06.2021
Bundan buyon gender tenglik masalalari bilan nafaqat xotin-qizlar qoʻmitalari, balkim barcha vazirliklar va hokimiyatlar ham shugʻullanadi.
TOSHKENT, 15 iyun – Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Oʻzbekistonda 2030 yilga qadar gender tenglikka erishish strageriyasi qabu qilindi, deb xabar qildi Oʻzbekiston Senati raisi Tanzila Narbayeva bugun Toshkentda boʻlib oʻtayotgan “Markaziy Osiyo va Afgʻonistonda barqaror rivojlanish uchun ayollarning iqtisodiy huquq va imkoniyatlarini kengaytirish” mavzusidagi xalqaro forumda.
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaMejdunarodnaya konferentsiya po pravam jenщin v TSA
Mejdunarodnaya konferentsiya po pravam jenщin v TSA - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.06.2021
Mejdunarodnaya konferentsiya po pravam jenщin v TSA
Narbayeva aytishiga koʻra, Oʻzbekistonda soʻnggi 4 yil ichida xotin-qizlar huquqlariga bagʻishlangan 25ta nomativ-huquqiy hujjat qabul qilindi. Ulardan eng muhimilari Gender tenglikka bagʻishlangan qonun va xotin-qizlarni tayziq va zoʻravonlikdan himoya qiluvchi qonun.

“Undan tashqari, kuni kecha yana bir muhim hujjat qabul qilindi. 2030 yilga qadar gender tenglikka erishish toʻgʻrisidagi Senat qarori qabul qilindi. Ushbu hujjat ustida biz bir yildan ortiq ishladik. Bunda bizga BMT va xalqaro bank va moliya tashkilotlari yordam berishdi. Ularning koʻmagida biz xalqaro standartlarni oʻz ichiga olgan strategiyani, uni amalga oshirish dasturini va ularni baholash indikatorlarrini qabul qildik”, - deydi Senat raisi.

Gender tenglik strategiyasining asosiy yoʻnalishlari:
1.
Xotin qizlar ijtimoiy faolligini oshirish;
2.
Rahbarlik lavozimlariga ayollarni tayyorlab, tavsiya etib borish;
3.
Ayollar bandligini taʼminlash, ular uchun munosib ish oʻrinlari yaratish ishlarini davom ettirish;
4.
Ayollar tadbirkorligini rivojlantiramiz, ularning moliyaviy resurslarga egalik qilish huquqlarini qatʼiy talab qilish;
5.
Eng asosiysi – xotin-qizlarga nisbatan boʻlayotgan ayrim zoʻravonlik holatlarini toʻliq bartaraf etish;
6.
Imkoniyati cheklangan xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash;
Ushbu strategiyaning yana bir muhim jihati - bundan buyon bu ishlar bilan nafaqat xotin-qizlar qoʻmitalari, balkim barcha vazirliklar, hokimliklar ham shugʻullanadi.
Shuningdek, Xotin qizlar qoʻmitasi tomonidan Xotin qizlar tadbirkorlik markazlari tashkil qilinib u yerda ayollar tadbirkorlikka oʻrgatish, kasb-hunar oʻrgatish va imtiyozli kreditlar ajratish yoʻlga qoʻyilgan.
Marufova Gulnora Maxmudovna, pervыy zamestitel ministra po delam maxalli i semi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.10.2020
Analitika
Oiladagi zoʻravonlik, ayollar huquqi, gender tenglik: Gulnora Marufova bilan maxsus intervyu
Undan tashqari prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tashkil etilgan “ayollar daftari”, “temir daftar” va “yoshlar daftari” kabi ijtimoiy himoya qamroviga 1,5 mln nafar ayollar olingan boʻlib, ularga doimiy ravishda moliyaviy yordam koʻrsatib kelinmoqda.
Shu bilan birga, Tanzila Narbayeva soʻnggi bir necha yilda Oʻzbekiston xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish borasida jiddiy yutuqlarga erishayotganini va ildam qadamlar bilan dunyoning rivojlangan davlatlari koʻrsatgichlariga yaqinlashayotganini aytib oʻtdi. Xususan, 190ta davlat parlamentlarini birlashtirgan Parlamentlararo ittifoq maʼlumotiga koʻra, Oʻzbekiston parlamentida ayollar ishtiroki koʻrsatgichi boʻyicha 128 oʻrindan 45 oʻringa koʻtarilgan. Bu AQSH, Kanada va Avstraliyadan yuqori.
Bugun Toshkentda boʻlib oʻtayotgan xalqaro forumda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi va Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki vakillari, Oliy Majlis Senati aʼzolari, Milliy mass-mediani qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish vasiylik kengashi raisi oʻrinborsari, Oʻzbekiston Respublikasining gender tengligi boʻyicha komissiyasi rahbari, qoʻshni davlatlar parlamentlari rahbarlari va oʻrinbosarlari, mahalliy va xorijiy ekspertlar ishtirok etdi.
Tadbirning asosiy maqsadi Afgʻoniston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Oʻzbekiston ayol tadbirkorlari oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalarni oʻrnatish, hamkorlik va ishbilarmonlik aloqalarini shakllantirishdir.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala