Rossiya

Moskvada 60 foiz ishlovchi aholi emlanishi majburiy qilib belgilandi

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Fotobankka oʻtishMeditsinskiy rabotnik nabirayet v shprits rossiyskiy preparat
Meditsinskiy rabotnik nabirayet v shprits rossiyskiy preparat - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.06.2021
Gap savdo-sotiq, xizmat koʻrsatish, umumiy ovqatlanish, uy-joy kommunal, transport, taʼlim sohasidagi xodimlar haqida bormoqda.
TOSHKENT, 16 iyun — Sputnik. Moskva bosh sanitar vrachi Yelena Andreyeva ishlovchi aholining 60 foizini koronavirusga qarshi emlashni majburiy etib belgiladi. Tegishli qaror Rospotrebnadzor saytida chop qilingan.
Qarorda aniqlik kiritilishicha, majburiy emlanish savdo-sotiq, xizmat koʻrsatish, umumiy ovqatlanish, uy-joy kommunal, taʼlim, transport, sogʻliqni saqlash, ijtimoiy himoya hamda goʻzallik saloni, fitnes-klub, teatr, kinoteatr, kontsert zallari va boshqa sohalarda ishlovchi xodimlarga taalluqli.
Novыy dom  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.06.2021
Rossiya
Moskva va Podmoskovyeda kovidga qarshi emlanganlar oʻrtasida avtomobil va uy oʻynaladi
Oʻz navbatida, shahar meri Sergey Sobyanin 2021 yil 1 iyulga qadar zaruriy axborot tizimi yaratilishini maʼlum qildi. Tizim emlanish jarayonida erishilgan yutuqlarni nazorat qilish imkonini beradi.
Eslatib oʻtamiz, soʻnggi kunlarda Moskvada epidemiologik keskin yomonlashdi. Shu bois hukumat qator cheklovlarni kiritishga majbur boʻldi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala