Moskvada 60 foiz ishlovchi aholi emlanishi majburiy qilib belgilandi

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Mediabankka o‘tishMeditsinskiy rabotnik nabirayet v shpris rossiyskiy preparat
Meditsinskiy rabotnik nabirayet v shpris rossiyskiy preparat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.06.2021
Obuna bo‘lish
Gap savdo-sotiq, xizmat ko‘rsatish, umumiy ovqatlanish, uy-joy kommunal, transport, ta’lim sohasidagi xodimlar haqida bormoqda.
TOShKENT, 16-iyun — Sputnik. Moskva bosh sanitar vrachi Yelena Andreyeva ishlovchi aholining 60 foizini koronavirusga qarshi emlashni majburiy etib belgiladi. Tegishli qaror Rospotrebnadzor saytida chop qilingan.
Qarorda aniqlik kiritilishicha, majburiy emlanish savdo-sotiq, xizmat ko‘rsatish, umumiy ovqatlanish, uy-joy kommunal, ta’lim, transport, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy himoya hamda go‘zallik saloni, fitnes-klub, teatr, kinoteatr, konsert zallari va boshqa sohalarda ishlovchi xodimlarga taalluqli.
Noviy dom  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.06.2021
Moskva va Podmoskovyeda kovidga qarshi emlanganlar o‘rtasida avtomobil va uy o‘ynaladi
O‘z navbatida, shahar meri Sergey Sobanin 2021-yil 1-iyulga qadar zaruriy axborot tizimi yaratilishini ma’lum qildi. Tizim emlanish jarayonida erishilgan yutuqlarni nazorat qilish imkonini beradi.
Eslatib o‘tamiz, so‘nggi kunlarda Moskvada epidemiologik keskin yomonlashdi. Shu bois hukumat qator cheklovlarni kiritishga majbur bo‘ldi.
Yangiliklar lentasi
0