Migratsiya

Rossiyada majruh boʻlgan fuqarolar vatanga qaytarildi

© Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiRossiyada majruh boʻlgan fuqarolar Vatanga qaytarildi
Rossiyada majruh boʻlgan fuqarolar Vatanga qaytarildi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.06.2021
Ufada sovuqda qolib ketib, qoʻl va oyogʻidagi barmoqlari amputatsiya qilingan va Sankt-Peterburgda qurilish obʼyektining 3-qavatidan yiqilib tushgan fuqarolar qaytarildi.
TOSHKENT, 16 iyun — Sputnik. Rossiyada sovuqda qolib ketgan va koʻp qavatli qurilish obʼyektidan yiqilib tushgan fuqarolar Vatanga qaytarildi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar qildi.
Maʼlum qilinishicha, navoiylik fuqaro A.YA. Ufa shahriga ishlash maqsadida ketgan. 2020 yil dekabr oyida ishsiz, pulsiz qolgan va vaqtinchalik yashash joyidan haydalgan. U sovuqda koʻchada qolib ketgan. Natijada fuqaroning qoʻl va oyogʻidagi barmoqlari amputatsiya qilingan
© Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiRossiyada majruh boʻlgan fuqarolar Vatanga qaytarildi
Rossiyada majruh boʻlgan fuqarolar Vatanga qaytarildi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.06.2021
Rossiyada majruh boʻlgan fuqarolar Vatanga qaytarildi
Shuningdek, andijonlik A.B oilasidagi moliyaviy qiyinchilik sababli Sankt-Peterburg shahriga qurilish obʼyektlarida ishlash maqsadida ketgan. Ish vaqtida qurilish obʼyektining 3-qavatidan yiqilib tushgan.
Kuni kecha bu ikki fuqaro Moskva-Samarqand hamda Sankt-Peterburg-Toshkent yoʻnalishida Oʻzbekistonga qaytarildi.
Ular xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qoʻllab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qaytarilgan.
Navoiylik fuqaro A.YA.ning Oʻzbekistonda yaqin qarindoshlari va doimiy yashash manzili yoʻqligi sababli Navoiy viloyati hokimligi tomonidan fuqaroni davolash-mehnat terapiyasini amalga oshirish va reabilitatsiya qilish, keyinchalik "Muruvvat" uyiga joylashtirish rejalashtirilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala