Jamiyat

Toshkentda ikki haftadan beri bedarak yoʻqolgan 13 yoshli oʻsmir qidirilmoqda

© Press-slujba GUVD TashkentaPropavshiy bez vesti Umar Urmonov
Propavshiy bez vesti Umar Urmonov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.06.2021
Toshkentda 14 kundan beri bedarak yoʻqolgan Umar Oʻrmonov qidirilmoqda - poytaxt IIBB matbuot xizmati.
TOSHKENT, 16 iyun — Sputnik. Toshkentda bedarak yoʻqolgan Umar Oʻrmonov qidirilmoqda, deb xabar qildi poytaxt IIBB matbuot xizmati.
Xabarda aytilishicha, 2008 yilda tugʻilgan Oʻrmonov Umar ibn Roziyalloxu Usmon oʻgʻli 3 iyun kuni soat taxminan 21.30larda Chilonzor tumani 19-mavzeda joylashgan yashash joyidan chiqib, nomaʼlum tomonga harakatlanib ketib qaytib kelmagan.
Belgilari: boʻyi 160-165 sm, ozgʻindan kelgan, yuzi biroz choʻzinchoq, koʻzlari qora dumaloq, sochlari qora.
Aloxida belgilari: yuzining chap sohasida xoli bor, chap qoshining pastki qismida chandigʻi bor.
Egnida: oq rangli futbolka, qora rangli shortik va oyogʻida oq rangli shippak boʻlgan.
“Agar siz Oʻrmonov Umar haqida biron bir maʼlumotga ega boʻlsangiz, yaqin atrofda joylashgan ichki ishlar boʻlimiga yoki 102 raqami orqali xabar berishingizni soʻraymiz”, - deyilgan xabarda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala