Sport

"Umid lankadanmi?": Oʻzbekiston terma jamoasi magʻlubiyati internetda qanday qarshi olindi

© Assotsiatsiya futbola UzbekistanaMatch sbornыx Uzbekistana i Saudovskoy Aravii
Match sbornыx Uzbekistana i Saudovskoy Aravii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.06.2021
Futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Saudiya Arabistoni terma jamoasiga 3:0 hisobida magʻlubiyatga uchrab, JCH-2022 ga chiqish imkoniyatini boy berdi. Internet foydalanuvchilari ushbu magʻlubiyatni "qizgʻin" qarshi oldilar
TOSHKENT, 16 iyun - Sputnik. Saudiya Arabistoni terma jamoasiga 3:0 hisobda magʻlubiyatga uchragan Oʻzbekiston milliy terma jamoasi nomiga ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan yoʻllangan murojaatlar 16 iyun kuni kun mavzusiga aylandi.
Jumladan, Facebook foydalanuvchilarining aksariyati "Endi umid faqat lankadan" degan postlarni eʼlon qilishgan.
"Xullas, Frantsiyaga muxlislik qilaman, tamom", deb yozgan foydalanuvchilardan yana biri.
"Qoʻy soʻyganiyam foyda bermadimi?", deya ilmoqli savol tashlagan internet foydalanuvchilaridan yana biri. Ilgariroq internet tarmoqlarida "Bunyodkor" maydoni chetiga soʻyib osib qoʻyilgan qoʻy surati ommalashib ketgan edi.
"Futbol payti perevaldan oʻtyapman, yoʻldaman, aloqa deyarli yoʻq. Menimcha, asablarim uchun berilgan eng katta sovgʻa shu boʻlsa kerak", - deya yozib qoldirgan oʻz telegramida bloger Xushnudbek.
Futbolning ashaddiy muxlislari magʻlubiyat alamini totgan terma jamoani qanday va nima bilan kutib olish toʻgʻrisida savolni ham keng jamoatchilikka yoʻllagan.
Javoblar orasida "Novostroykadan kvartira sovgʻa qilish kerak", "Salyut bilan kutib olish zarur", "Hammasini deport qilish kerak", "Bittadan "Zaporoj" sovgʻa qilish kerak" degan takliflar sanab oʻtilgan.
15 iyundan 16 iyunga oʻtar kechasi futbol boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi Jahon chempionati-2022 saralashi 2-bosqichi doirasida oltinchi oʻyinini Saudiya Arabistoni terma jamoasiga qarshi oʻtkazdi.
Birinchi boʻlimning 25-daqiqasida Salman Alfaraj gol urib, Saudiya Arabistoni terma jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. Oʻyinning 33-daqiqasida yana oʻsha Alfaraj gol urib hisobni 2:0 koʻrinishiga keltirib qoʻydi. 2-boʻlimning 52-daqiqasida Ali Alhassan Oʻzbekiston darvozasini ishgʻol qilib hisobni uchtaga oshirdi.
Mazkur bahsdan soʻng Oʻzbekiston terma jamoasi 15 ochko bilan 2-saralash bosqichida 2-oʻrinni egalladi va 3-saralash bosqichiga chiqa olmadi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala