Jamiyat

OTMga kirish imtihonlari internetda jonli efirga uzatiladi

© AFP / YURI KORSUNTSEVUzbekskiye studentы sdayut vstupitelnыe ekzamenы pod otkrыtыm nebom v Tashkente
Uzbekskiye studentы sdayut vstupitelnыe ekzamenы pod otkrыtыm nebom v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.06.2021
Barcha foydalanuvchilar uchun ochiq boʻlgan “imtihon.uz” veb-platformasi ishga tushiriladi.
TOSHKENT, 17 iyun — Sputnik. Endilikda OTMning bakalavriat va magistratura imtihonlari Internetda jonli efirga uzatiladi. Bu prezident imzolagan “Davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati ochiqligini taʼminlash, shuningdek, jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” farmonda koʻzda tutilgan.
Farmonga koʻra, quyidagi imtihonlarni oʻtkazish jarayonini Internetda jonli efirga uzatish tartibi joriy etiladi:
oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga kirish uchun test va ijodiy (kasbiy) imtihonlar;
oliy taʼlim muassasalarining magistratura (klinik ordinatura) bosqichiga qabul imtihonlari;
respublikadagi yoki xorijdagi oliy taʼlim muassasasidan respublikadagi davlat oliy taʼlim muassasasiga oʻqishni koʻchirish istagini bildirgan talabalardan olinadigan imtihonlar;
xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olishda talabgorlardan olinadigan test sinovlari.
2021/2022 oʻquv yili qabuligacha imtihonlarni Internetda jonli efirga uzatishni taʼminlaydigan, barcha foydalanuvchilar uchun ochiq boʻlgan “imtihon.uz” veb-platformasi ishga tushiriladi.
Studentы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.06.2021
Jamiyat
Oʻzbekistonda OTMga hujjatlar qabuli sanasi eʼlon qilindi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala