Jamiyat

Rossiya spetsnaz harbiylari mashq oʻtkazish uchun Oʻzbekistonga kelishdi

© Press-slujba TSVO RFRossiyskiye voyennыe unichtojili uslovnыx terroristov v gorax Tadjikistana
Rossiyskiye voyennыe unichtojili uslovnыx terroristov v gorax Tadjikistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.06.2021
Markaziy harbiy okrug spetsnaz boʻlinmasi harbiylari oʻzbekistonlik hamkasblari bilan birgalikda mashq oʻtkazish uchun respublikaga kelishdi.
TOSHKENT, 17 iyun — Sputnik. Markaziy harbiy okrug spetsnaz boʻlinmasi harbiylari oʻzbekistonlik hamkasblari bilan birgalikda mashq oʻtkazish uchun respublikaga kelishdi.
“Samara viloyatida joylashgan Markaziy harbiy okrug (TSVO) spetsnaz brigadasining harbiy xizmatchilari oʻzbekistonlik hamkasblari bilan qoʻshma mashq davomida tajriba almashishadi”, - deyilgan xabarda.
Rossiya harbiy xizmatchilari Harbiy transport aviatsiyasi Il-76 samolyotlarida Toshkentga kelishdi.
Mashqlar Oʻzbekiston Qurolli Kuchlarining Chimyon togʻ oʻquv markazida boʻlib oʻtadi va kelasi hafta oxirigacha davom etadi.
Harbiy xizmatchilar togʻli hududlarda tayyorgarlik koʻrish boʻyicha tajriba almashadilar, taktik va maxsus oʻquv mashqlarini bajaradilar.
Tadbir xalqaro harbiy hamkorlik rejasiga muvofiq oʻtkazilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala