Jamiyat

“Uzbekistan Airways” Toshkent va Dehli oʻrtasidagi parvozlarni vaqtincha toʻxtatmoqda

© Sputnik / Idris Moxammed / Fotobankka oʻtishSituatsiya v Indii v svyazi s koronavirusom
Situatsiya v Indii v svyazi s koronavirusom - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.06.2021
18 iyundan boshlab Toshkent va Dehli oʻrtasidagi aviaqatnovlar bekor qilinadi. Bunga Hindistondagi epidemiologik vaziyat sabab.
TOSHKENT, 17 iyun — Sputnik. “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi 18 iyundan Toshkent va Dehli oʻrtasidagi aviaqatnovlarni bekor qiladi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar qildi.
Bu qarorni koronavirusga qarshi kurashish respublika maxsus komissiyasi Hindistondagi epidemiologik vaziyat sabab qabul qilgan.
“18 iyundan boshlab “Uzbekistan Airways” AJ haftaning juma kunlari amalga oshiriladigan Toshkent–Dehli–Toshkent yoʻnalishi boʻyicha aviaqatnovlarni bekor qiladi”, - deyilgan xabarda.
Yoʻlovchilarga aviachipta pullari qaytarib beriladi.
Meditsinskiy sotrudnik nabirayet v shprits rossiyskuyu vaktsinu Sputnik V (Gam-KOVID-Vak)  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.06.2021
Rossiya
“Sputnik V”ni yaratgan olimlar “hindcha shtamm”ga qarshi preparatni taqdim etadi
Hindistonda pandemiya boshlangandan buyon koronavirus yuqtirib olganlar soni 29,5 milliondan oshgan. Shulardan 28,1 millioni sogʻaygan. 374 mingdan ziyod kishi virus qurboniga aylangan.
Shuningdek, mamlakatda koronavirusni boshdan kechirganlarda mogʻor kasalligi aniqlanmoqda. “Qora”, “oq” va “sariq” mogʻorga “yashili” ham qoʻshilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala