Dunyoda

BMT yangi pandemiyani bashorat qildi. Unga qarshi vaktsina yoʻq

Zasuxa - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.06.2021
Yaqin bir necha yillar ichida dunyoning kattagina qismi suv tanqisligi sharoitida hayot kechiradi, talab esa taklifdan ortib ketadi
TOSHKENT, 18 iyun - Sputnik. Birlashgan Millatlar Tashkilotining rasmiy saytida yashirin boʻlgan global qurgʻoqchilik muammosi haqida xabar beruvchi doklad eʼlon qilingan. Qurgʻoqchilik navbatdagi pandemiyaga aylanishi mumkinligi prognoz qilinmoqda.
BMT hisobotida aytilishicha, XXI asrdagi qurgʻoqchilik taʼsiri bilan bogʻliq xarajatlarning hisob-kitobiga koʻra, bu muammo kamida 1,5 milliard kishini qamrab olgan va butun dunyo boʻylab kamida 124 milliard dollar iqtisodiy yoʻqotishlarga olib kelgan. Haqiqiy iqtisodiy yoʻqotishlar koʻrsatilgan koʻrsatkichlardan bir necha baravar koʻp ekanligiga ishora qilingan, chunki tashkilot tomonidan taqdim etilayotgan maʼlumotlar rivojlanayotgan mamlakatlar zararining bir qismini hisobga olmagan.

"Qurgʻoqchilik yaqin vaqtlarda keyingi pandemiyaga aylanadi, va unga davo boʻladigan vaktsina yoʻq. Yaqin bir necha yillar ichida dunyoning kattagina qismi suv tanqisligi sharoitida hayot kechiradi, talab esa taklifdan ortib ketadi", — dedi BMTning ofatlar xatarini qisqartirish boʻyicha boshqarmasi bosh kotibi Mami Midzutori.
Turistы na verblyudax v pustыne v Dunxuane, Kitay - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 31.10.2020
Markaziy Osiyo hayotsiz choʻlga aylanishi mumkin - tadqiqot
Midzutorining soʻzlariga koʻra, odamlar qurgʻoqchilik faqat Afrikaning choʻl hududlarini qamrab oladi, deya yanglishmoqdalar. XXI asr oxiriga kelib dunyoning barcha davlatlari u yoki bu tarzda bu muammoga yuz tutadilar, deydi u.
BMT maʼlumotiga koʻra, aholi sonining oshib borishi koinotda suv tanqisligi muammosini yanada murakkablashtirmoqda. Odamlar qurgʻoqchilik sharoitida besh ming yil yashashgan, ammo hozir vaziyat boshqa, deyiladi doklad matnida.
Taʼkidlanishicha, qurgʻoqchilikka yetaklagan asosiy omil - bu iqlim oʻzgarishi natijasida oʻzgargan yogʻingarchilikdir. Shu bilan birga, suvni tejamay ishlatish, va qishloq xoʻjaligi faoliyati tufayli yer degradatsiyasi ham ushbu muammoga taʼsir oʻtkazmasdan qolmaydi.
Mami Midzutori hukumatlarga suvni topish, saqlash, suvdan foydalanish usullarini oʻzgartirish hamda yerni boshqarish borasida islohotlar oʻtkazishni taklif qilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala