IT xavfsizlik bo‘yicha MDH mutaxassislari Toshkentda yig‘ilishadi

CC BY 2.0 / Yuri Samoilov / System LockKompyuternaya bezopasnost.
Kompyuternaya bezopasnost. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.06.2021
Obuna bo‘lish
Onlayn forumda 50 dan ortiq mutaxassislar, xalqaro tashkilot va tegishli muassasa rahbarlari ishtirok etishi hamda uning yakunida tavsiyanomalar qayd etilgan yakuniy hujjat qabul qilinishi ktuilmoqda.
TOShKENT, 18-iyun – Sputnik. Toshkentda 29-iyun kuni axborot xavfsizligiga bag‘ishlangan MDH xalqaro ekspertlari forumi bo‘lib o‘tadi, deb xabar qilmoqda Stratgik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti (SMTI).
Forumda 50dan ortiq ekspertlar, xalqaro tashkilotlar vakillari, MDH tahliliy markazlari vakillari hamda talluqli vazirlik va muassasa vakillari rahbarlari ishtirok etishi kutilmoqda.
Forum kun tartibida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yordamida amalga oshirilayotgan jinoyatlarga qarshi kurash masalalarini muhokama qilish, kiberjinoyatlarni tekshirish hamda axborot hududida inson huquqlarini himoya qilish masalalari turadi.
Muhokamalar yakunida MDH doirasida axborot texnologiyalari sohasida hamkorlik mexanizmlarining shartnoma-huquqiy asoslarini takomillashtirish borasida amaliy tavsiyanomalar qayd etilgan yakuniy hujjat imzolash rejalashtirilgan.
MDH IT xavfsizligi forumi SMTI, Axborot texnologiyalari vazirligi hamda MDH ijroiya qo‘mitasi tomonidan tashkil qilinmoqda.
Eslatib o‘tamiz, ushbu forumni tashkil etish tashabbusi O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga tegishli. Ushbu tashabbus prezident tomonidan 2019 va 2020-yillardagi MDH davlat rahbarlari sammitida olg‘a surgan edi.
Yangiliklar lentasi
0