Siyosat

Abdulaziz Kamilov Pokiston tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

© MID UzbekistanaVstrecha A.Kamilova s glavoy MID Pakistana
Vstrecha A.Kamilova s glavoy MID Pakistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.06.2021
Afgʻonistonda tinchlik va barqarorlik oʻrnatish yoʻlida birgalikda ijtimoiy-iqtisodiy loyihalarni amalga oshirish - muzokaralarning asosiy mavzusi boʻldi.
TOSHKENT, 18 iyun – Sputnik. Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Turkiyaning Antaliya shahrida Pokiston TIV rahbari Shax Maxmud Kureyshi bilan uchrashdi.
Muzokaralar davomida Afgʻonistonda tinchlik va barqarorlikni taʼminlash masalalari hamda birgalikda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy va infratuzilmaviy loyihalar yordamida qoʻshni respublika iqtisodiyotini tiklash masalalariga alohida eʼtibor berildi.
Shuningdek, TIV rahbarlari Toshkentda 15-16 iyul kunlari boʻlib oʻtadigan “Markaziy va Janubiy Osiyo: hududiy aloqalar. Chaqiriq va imkoniyatlar” mavzusidagi yuqori darajali xalqaro anjumanda Pokistonning amaliy ishtiroki muhokama qilindi.
Undan tashqari, 2021 yilning 14 aprelida Oʻzbekiston prezidenti shavkat Mirziyoyev va Pokiston bosh vaziri Imron Xonning sammitida erishilgan kelishuvlarning amalga oshirish masalalarining muhim ekanligi qayd etildi.
Eslatib oʻtamiz, Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi Oʻzbekiston tashqi ishlar vazirligi delegatsiyasi Antaliyaga "Innovatsion diplomatiya: yangi era, yangi yondashuvlar" mavzusida bolib oʻtadigan diplomatik forumda ishtirok etish uchun kelgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala