Moskvada migrantlarni “Sputnik Layt” bilan emlash boshlanadi – Sobanin

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Mediabankka o‘tishPrezentatsiya poyezda metro novogo pokoleniya "Moskva-2020"
Prezentatsiya poyezda metro novogo pokoleniya Moskva-2020 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.06.2021
Obuna bo‘lish
Rossiya hukumati vaksina ishlab chiqarish imkoniyati hajmi cheklanganini hisobga olib, birinchi navbatda vaksina bilan o‘z fuqarolarini ta’minlashga qaror qilgan edi.
TOShKENT, 18-iyun – Sputnik. Moskva merii Sergey Sobanin poytaxtda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yomonlashayotganini hisobga olib, mehnat migrantlarini ham emlash rejalashtirilayotganini ma’lum qildi.
“Hozirgi kunda "Sputnika Layt" vaksinasini ishlab chiqarish boshlangan. Aslida bu klassik "Sputnik"ning birinchi komponenti. Biz ushbu vakisnadan mehnat migrantlarini emlashga ruxsat olish ehtimolimiz katta. Bizning hisob-kitobga ko‘ra bu iyul oyining boshida sodir bo‘ladi, balkim undan ham oldinroq”, - dedi Sergey Sobanin.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya hukumati vaksina ishlab chiqarish imkoniyati hajmi cheklanganini hisobga olib, birinchi navbatda vaksina bilan o‘z fuqarolarini ta’minlashga qaror qilgan edi.
Moskvada so‘nggi kunlarda koronavirus bilan kasallanish holatlari keskin oshishi munosabati bilan shahar meri qator cheklov choralari kiritgan edi. Xususan 12-iyundan boshlab barcha korxonalarga xodimlarning kamida 30%ini onlayn tartibda ishlashga o‘tkazish, ommaviy tadbirlar o‘tkazmaslik, jamoat joylarida ishlaydigan xodimlarning kamida 60%ini emlash majburiyati yuklangan edi.
Yangiliklar lentasi
0