Rossiyada taniqli muftiy musulmonlarni vaksina olishga chaqirdi

© Foto iz lichnogo arxivaGlava Duxovnogo sobraniya musulman Rossii Albir Krganov
Glava Duxovnogo sobraniya musulman Rossii Albir Krganov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.06.2021
Obuna bo‘lish
Moskvada kasallar soni keskin ortmoqda, barcha din ulamolari o‘z jamoalariga emlanib, sog‘liqlarini saqlab qolishni maslahat berishmoqda.
TOShKENT, 17-iyun - Sputnik. COVID-19ga qarshi emlash ko‘ngilli bo‘lishi kerak, lekin fuqarolar orasida tushuntirish ishlari albatta olib borilishi kerak deb hisoblaydi, Rossiya musulmonlar ruhiy yig‘ini (DSMR) rahbari, muftiy Albir Krganov.
“Men vaksinalash ko‘ngilli bo‘lishi kerak deb hisoblayman. Vaksina olish yoki olmaslikni insonning o‘zi hal qilishi kerak, lekin lekin SSV va OAVlar tomonidan fuqarolar orasida tushuntirish ishlari olib borish – majburiy bo‘lishi kerak. Turli tuman odamlar, tibbiy bilimga ega bo‘lmay turib yolg‘on gaplarni tarqatmoqda. Buni to‘xtatish kerak. Musulmonlar vaziyatni tushunadi. Biz hududiy bo‘linmalarga o‘z sog‘liqlarini ehtiyotlashni maslahat berdik. Muqaddas Quron ham ana shuni talab qiladi”, - dedi Krganov.
Ma’lumot uchun, Rossiyadagi boshqa din ulamolari ham o‘z dini vakillariga vaksina olishni maslahat bergan edi. Xususan Rus cherkovi bosh Patriarxi Kiril mart oyida o‘zi emlangan va boshqalarga ham undan o‘rnak olishni maslahat bergan edi. Shuningdek, Rossiya bosh ravvini Berl Lazar ham o‘z jamoasini vaksina olishga taklif qilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, chorshanba kuni Moskva shahri bo‘yicha Rospotrebnadzor rahbari Yelena Andreyeva savdo-sotiq, umumiy ovqatlanish, jamoat transporti, sog‘liqni saqlash, kommunal xizmatlar, kuo‘p funksiyali markazlar, madaniyat va ta’lim muassasalari xodimlarining 60%dan ortig‘ini avgust oyining o‘rtasigacha vaksinaning ikki komponenti bilan majburiy emlashni buyurgan edi. Keyinroq ana shunday qarorga Moskva, Saxalin va Kuzbass viloyatlari ham qo‘shilgan.
Moskvada so‘nggi kunlarda kasallar soni keskin oshib ketdi. Moskva shahri bo‘yicha so‘nggi sutka davomida kasallanganlar soni 9 mingdan, shifoxonaga joylashtirilganlar soni 1700 kishidan oshib ketdi. Rossiya bo‘yicha bir kunda koronavirusdan qurbon bo‘lganlar 78 kishini tashkil qilgan. Tuzalib ketganlar soni 3700 dan ortiq.
Yangiliklar lentasi
0