Shveysariya prezidenti Putinning eng yaxshi jihatini aytib o‘tdi

© Sputnik / Mikhail Metzel / Mediabankka o‘tish Prezident RF Vladimir Putin vo vremya vstrechi s prezidentom SShA Djo Baydenom v Jeneve na ville La Granj
 Prezident RF Vladimir Putin vo vremya vstrechi s prezidentom SShA Djo Baydenom v Jeneve na ville La Granj - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.06.2021
Obuna bo‘lish
Shveysariya yetakchisiga ko‘ra, u RF va AQSh prezidentlari o‘rtasidagi muloqot qanday kechishini boshidayoq his qilgan.
TOShKENT, 18-iyun - Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimr Putinning eng yaxshi jihati - bu uning dangal gapliligidir, dedi RF va AQSh prezidentlari muzokaralari tashkillashtirishda qatnashgan Shveysariya yetakchisi Gi Parmelen.
"Vladimir Putin gapni aylantiradigan odamlar toifasidan emas, u dangal gapiradi. Uning so‘zlari aniq maqsadga qaratilgan. Men uning bu jihatini qadrlayman", - degan Parmelen.
Shveysariya yetakchisi shuningdek, RF va AQSh prezidentlari o‘rtasidagi muloqot qanday kechishini boshidayoq his qilganini qayd etgan.
bivshiy prezident SShA Donald Tramp - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.06.2021
Tramp Rossiyani Jenevadagi sammitning yagona g‘olibi deb atadi
"Jo Bayden va Vladimir Putin besh daqiqacha suhbatlashishdi, va men, ular o‘rtasidagi muloqot, ikki inson o‘rtasidagi muloqot sifatida juda yaxshi kechayotganini payqadim", – degan Parmelen Shveysariyaning RTS telekanaliga bergan intervyusida.
16 iyun kuni Jenevadagi La Granj villasida Rossiya va AQSh prezidentlarining ilk uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Muloqot tanaffusni hisobga olganda 4,5 soat davom etdi. Muzokaralardan so‘ng yetakchilarning har biri muloqot konstruktiv va pozitiv notada o‘tganini aytdi. Sammit yakuniga ko‘ra RF va AQSh yetakchilari qo‘shma bayonot qabul qilishdi. Hujjatda ikkala tomonning yadroviy urushda g‘oliblar bo‘lmasligi va bunday urush hech qachon boshlanishi kerakmasligi haqidagi tezisga sobitligi qayd etilgan.
Yangiliklar lentasi
0