Dunyoda

“Uy sotib olaman”: Qirgʻizistonda xorijlik talabalardan pora olayotgan xodim videoga olindi

CC BY 2.0 / Chris Potter / The Pay OffAmerikanskaya valyuta v konverte
Amerikanskaya valyuta v konverte - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.06.2021
Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasida taʼkidlanishicha, pora olishda universitetning ayrim mansabdor shaxslari aloqadorligi aniqlangan.
TOSHKENT, 19 iyun — Sputnik. Qirgʻiziston Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi J. Balasagʻin nomidagi Qirgʻiziston milliy universiteti Oʻsh filiali mansabdor shaxsi pora olayotgani aks etgan yashirin videoni taqdim etdi. Sputnik Qirgʻiziston xabariga asosan.
Videoda ayol talabalardan pul olayotgani, faqat dollar olib kelishini talab qilishi, "uy sotib olaman" deb ish stolida bozordagi sotuvchilarga oʻxshab "irim" qilayotgani aks etgan.
Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi taʼkidlashicha, pora olishda universitetning ayrim mansabdor shaxslari aloqadorligi aniqlangan.
"Universitet rahbariyati oʻqituvchilar bilan birgalikda chet ellik talabalardan imtihon sessiyasi va davlat imtihonlariga qoʻyish evaziga pora olish sxemasi yoʻlga qoʻyishgan", - deyilgan xabarda.
Korruptsiya sxemasiga aloqador barcha shaxslar aniqlangan. Gumonlanuvchilardan biri qoʻlga olingan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala