Siyosat

Dushanbeda SHHT Xavfsizlik kengashi kotiblari yigʻilishi boʻlib oʻtadi

© AP PhotoFlagi stran-uchastnits SHOS
Flagi stran-uchastnits SHOS - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.06.2021
Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida SHHTga aʼzo mamlakatlar xavfsizlik kengashi kotiblari uchrashuvi boʻlib oʻtadi. Yigʻilishga RF Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev ham kelishi kutilmoqda
TOSHKENT, 21 iyun — Sputnik. Tojikistonda Shanxay Hamkorlik tashkiloti mamlakatlari xavfsizlik kengashi kotiblarining 16-anʼanaviy uchrashuvi boʻlib oʻtadi, deb xabar bermoqda Sputnik Tojikiston nashri.
Uchrashuvda RF XK kotibi Nikolay Patrushev ishtiroki kutilmoqda.
"SHHT Xavfsizlik kengashi kotiblari 22-23 iyun sanasiga rejalashtirilgan”, - deb aniqlik kiritgan RF XK.
Emblema RATS SHOS - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.03.2021
Video
SHHT maxsus xizmatlari Toshkentda nimalar haqida kelishib olishdi - video
Uchrashuvda qanday mavzular muhokama etiladi va tashrifning qolgan tafsilotlari haqida qoʻshimcha maʼlumotlar yoʻq.
SHHT – Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Xitoy, Rossiya, Tojikiston va Oʻzbekiston yetakchilari tomonidan tashkil etilgan doimiy faoliyat yurituvchi hukumatlararo xalqaro tashkilotdir.
Joriy yilda tashkilotning 20 yillik yubileyi nishonlandi. Hozirda SHHTga raislik vakolati Tojikistonga oʻtgan.
Hozirda Afgʻoniston, Belarus, Eron va Moʻgʻuliston SHHTda kuzatuvchi maqomiga, Ozarbayjon, Armaniston, Kambodja, Nepal, Turkiya va Shri-Lanka esa sherik-davlatlar maqomiga ega.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala