Siyosat

Kamilov “Bir makon, bir yoʻl” tashabbusi doirasidagi xalqaro konferentsiyada ishtirok etadi

© UzAAbdulaziz Kamilov
Abdulaziz Kamilov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.06.2021
Osiyo-Tinch okeani mintaqasi tashqi siyosat idoralari rahbarlari koronavirus pandemiyasi oqibatlarini tezroq bartaraf etishni muhokama qilishadi.
TOSHKENT, 22 iyun — Sputnik. Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov “Bir makon, bir yoʻl” tashabbusi doirasida yuqori darajali xalqaro konferentsiyada ishtirok etadi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.
Konferentsiya 23 iyun kuni onlayn boʻlib oʻtadi. “Iqtisodiy rivojlanish uchun epidemiyaga qarshi hamkorlikni mustahkamlash” mavzu boʻladi.
Osiyo-Tinch okeani mintaqasi tashqi siyosat idoralari rahbarlari hamda qator xalqaro tashkilotlar vakillari koronavirus pandemiyasi oqibatlarini tezroq bartaraf etish, savdo-iqtisodiy aloqalarni qayta tiklashni muhokama qilishadi.
Bundan tashqari, savdo-iqtisodiy aloqalarining oʻsish surʼatlarini taʼminlashga qaratilgan masala ham kun tartibidan oʻrin olgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala