Madaniyat

Madaniy meros agentligi tashkil etildi

© Sputnik / Sergey Pyatakov / Fotobankka oʻtishMavzoley Gur-Emir
Mavzoley Gur-Emir - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.06.2021
Oʻzbekistonda madaniy meros, muzeylar, arxeologiya va madaniy boyliklarning olib chiqish va olib kirish sohalarini nazorat qiluvchi Agentlik tashkil etildi.
TOSHKENT, 22 iyun - Sputnik. Oʻzbekistonda Madaniy meros agentligi tashkil etildi, bu haqida prezident qarorida aytib oʻtilgan.
Agentlikning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilangan:
madaniy meros obʼyektlarini muhofaza qilish;
muzeylar faoliyatini muvofiqlashtirish, rivojlantirish;
alohida muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy hududlarni muhofaza qilish, tarixiy-madaniy qimmati, noyobligi, tabiiy landshafti va oʻziga xosligini saqlab qolish;
arxeologiya tadqiqotlarini qoʻllab-quvvatlash, nazorat qilish, arxeologiya tadqiqoti uchun ruxsatnoma berish;
madaniy boyliklarni Oʻzbekiston hududidan olib chiqish va olib kirishni nazorat qilish, madaniy boyliklarni badiiy ekspertizadan oʻtkazish;
xorijdagi Oʻzbekiston tarixi va madaniyatiga oid madaniy boyliklarni aniqlash, ularning toʻliq maʼlumotlar bazasini yaratishularning asl yoki koʻchirma nusxalari, foto va videotasvirlarini olib kelish.
Prezident qarorida aytilishiga koʻra, agentlik Oʻzbekistonda moddiy madaniy meros, muzeylar, arxeologiya, madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi sohasida maxsus vakolatli davlat boshqaruv organi hisoblanadi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala