Iqtisod

Mishustin energetika va sanoat sohalarida hamkorlikni rivojlantirishga chaqirdi

© Sputnik / Aleksandr Astafyev / Fotobankka oʻtishPremyer-ministr RF M. Mishustin prinimayet uchastiye v zasedanii Yevraziyskogo mejpravitelstvennogo soveta
Premyer-ministr RF M. Mishustin prinimayet uchastiye v zasedanii Yevraziyskogo mejpravitelstvennogo soveta - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.06.2021
Moskvada Rossiya va Oʻzbekiston hukumatlararo komissiyasining majlisi yakunida ikki davlat munosabatlarini yanada faollashtiruvchi salmoqli hujjatlar toʻplamini imzolash rejalashtirilgan.
TOSHKENT, 22 iyun — Sputnik. Mixail Mishustin Oʻzbekiston va Rossiya orasida sanoat va yonilgʻi-energetika sohasida hamkorlikni rivojlantirishga chaqirdi. Rossiya bosh vaziri aytishiga koʻra, buning uchun barcha kerakli sharoitlar bor.
"Sanoat, yonilgʻi-energetika majmualarida hamkorlikni rivojlantirish kerak deb hisoblayman. Jumladan tinch atom energetikasidan, tibbiyot, taʼlim va raqamli iqtisod va umuman yuqori texnologiyalar sohalarida foydalanish", - dedi Mishustin.
Rossiya bosh vaziri aytishiga koʻra, Rossiya Oʻzbekiston bilan strategik hamkorlikni rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratadi.

"Biz Rossiya-Oʻzbekiston aloqalarini yanada yuqori darajaga chiqarishdan, birinchi navbatda ularni istiqbolli loyihalar va tashabbuslar bilan toʻldirishdan hamda bugungi mavjud chaqiriqlarga, birinchi navbatda, albatta, bu koronavirus pandemiyasiga, birgalikda qarshi turishdan chin dildan manfaatdormiz", - dedi bosh vazir.

Shuningdek, Mishustin Rossiya va Oʻzbekiston orasida raqamli texnologiyalar sohasida hamkorlik uchun ulkan potentsial borligini aytib oʻtdi.
Maʼlumot uchun, bugun 22 iyun kuni Moskvada Rossiya va Oʻzbekiston hukumatlararo komissiyasining majlisi boʻlib oʻtmoqda. Uchrashuv yakunida tomonlar Rossiya va Oʻzbekiston munosabatlarini yanada faollashtiruvchi salmoqli hujjatlar toʻplamini imzolash rejalashtirilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala