Siyosat

Moskvadagi yigʻilish yakunida Aripov va Mishustin qanday hujjatlarni imzolashdi

© Sputnik / Dmitriy Astaxov / Fotobankka oʻtishPremyer-ministr RF M. Mishustin prinyal uchastiye v rabote sovmestnoy komissii Rossii i Uzbekistana
Premyer-ministr RF M. Mishustin prinyal uchastiye v rabote sovmestnoy komissii Rossii i Uzbekistana  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.06.2021
Rossiya va Oʻzbekiston hukumat rahbarlari seshanba kuni qoʻshma komissiya yigʻilishini oʻtkazdi.
TOSHKENT, 22 iyun — Sputnik. Rossiya va Oʻzbekiston bosh vazirlari Mixail Mishustin va Abdulla Aripov ikki mamlakat Hukumatlari rahbarlari darajasidagi qoʻshma komissiyaning 2-yigʻilishi yakunlariga koʻra 12 ta hujjat imzoladi.
Roʻyxat:
qoʻshma kommyunike;
hukumatlar oʻrtasida “Rossiya-Oʻzbekiston” logistik yoʻlaklarni rivojlantirish sohasida oʻzaro anglashuv memorandumi;
Rossiya davlat roʻyxatga olish, kadastr va kartografiya federal xizmati va Oʻzbekiston Soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi oʻrtasida hamkorlik bitimi;
Rossiya Federal bojxona xizmati (FBX) va Oʻzbekiston Davlat bojxona qoʻmitasi (DBQ) oʻrtasida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, jismoniy shaxslar tomonidan naqd pul mablagʻlarini va (yoki) pul vositalarini transchegaraviy joyini oʻzgartirishda terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi axborot hamkorligi toʻgʻrisida bitim;
FBX va DBQ oʻrtasida tashqi iqtisodiy faoliyati shubhali ishtirokchilar tomonidan moliyaviy operatsiyalar sodir etilishining oldining olish, aniqlash va ogohlashtirish sohasida oʻzaro anglashuv memorandumi;
taʼlim sohasida hamkorlik toʻgʻrisida memorandum;
mehnat inspektsiyasi, mehnat huquqlarini himoya qilish va bandlikka koʻmaklashish masalalari boʻyicha hamkorlik toʻgʻrisida bayonnoma;
“Rossiyskiy eksportnыy tsentr” AJ, “RJD Logistika” AJ va “UzAgroLogistics Centers” MCHJ oʻrtasida oʻzaro anglashuv memorandumi;
2016 yil 30 dekabrdagi DBQ va FBX oʻrtasidagi Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi oʻrtasida tovarlar va transport vositalarining olib oʻtilishida bojxona operatsiyalarini amalga oshirishning soddalashtirilgan tartibini tashkil etish toʻgʻrisidagi (Soddalashtirilgan bojxona yoʻlagi) bitimga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisidagi bayonnoma;
oʻzbek tomoniga Oʻzbekiston uchun madaniy boylik hisoblangan 29 ta qoʻlyozmalar va 16 ta sopol buyumlarni qabul qilish-topshirish dalolatnomasi;
2017 yil 7 apreldagi Oʻzbekiston Davlat bojxona qoʻmitasi va Rossiya Federal bojxona xizmati oʻrtasidagi Oʻzbekistondan kelayotgan va Rossiyaga kiritilayotgan bojxona qiymati xususiyatiga ega maʼlumotlar bilan oʻzaro almashish bayonnomasiga oʻzgartirish toʻgʻrisidagi bayonnoma;
Oʻzbekiston axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat boʻyicha davlat inspektsiyasi va Rossiya aloqa, axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiyalar sohasida nazorat boʻyicha federal xizmat oʻrtasida aloqa va axborot texnologiyalari sohasida oʻzaro anglashuv memorandumi (ilgari – bitim).
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala