Jamiyat

Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi parvozlar haftasiga 14 tagacha koʻpaytirilishi mumkin

© Sputnik / Maksim Blinov / Fotobankka oʻtishPassajirы v zale vыleta v aeroportu
Passajirы v zale vыleta v aeroportu - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.06.2021
TOSHKENT, 22 iyun — Sputnik. Oʻzbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Oʻzbekistondan Rossiyaga muntazam parvozlar sonini haftasiga 14 tagacha koʻpaytirishni taklif qildi. U bu taklifni Moskvada boʻlib oʻtayotgan ikki mamlakat Hukumatlari rahbarlari darajasidagi qoʻshma komissiyaning 2-yigʻilishi davomida bildirdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
“Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi muntazam aviareyslarni koʻpaytirish toʻgʻrisidagi qaror uchun minnatdormiz. Bu yoʻnalishda birgalikdagi ishni davom ettirish va barcha karantin talablariga rioya qilgan holda teng huquqlik asosda muntazam aviareyslarni haftasiga 14 tagacha koʻpaytirishni taklif qilamiz”, - dedi Aripov.
Shuningdek, bosh vazir Oʻzbekiston ikki mamlakat oʻrtasida eng talab yuqori boʻlgan yoʻnalishlar boʻyicha temir yoʻl aloqalarini bosqichma-bosqich tiklash maqsadga muvofiq deb hisoblashini aytdi.
Eslatib oʻtamiz, 10 iyundan Toshkent-Moskva yoʻnalishi boʻyicha yangi muntazam parvoz yoʻlga qoʻyilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala