Iqtisod

Qishloq xoʻjaligi vazirligi: yaqin kunlarda sabzi narxi tushishi kutilmoqda

Morkov s gryadki - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.06.2021
Deyarli bir oyga kechikkan ertaki sabzi hosilining yigʻim-terim ishlari boshlandi.
TOSHKENT, 22 iyun — Sputnik. Oʻzbekiston viloyatlarida erta bahordagi sovuq ob-havo tufayli toʻliq yetilishi deyarli bir oyga kechikkan ertaki sabzi hosilining yigʻim-terim ishlari boshlandi. Bu haqda Qishloq xoʻjaligi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
“Ommaviy terim ishlari iyul oyining dastlabki kunlariga belgilangan. Bu bozorni yangi sabzi bilan toʻliq taʼminlanishiga va ushbu sabzavot narxining tushishiga olib keladi”, - deyilgan xabarda.
Qayd etilishicha, 2021 yilda umumiy hisobda 124,4 ming ga maydonda (oʻtgan yildagiga nisbatan 18,2 ming ga koʻprok) sabzi ekish rejalashtirilgan, hammasi boʻlib 2,3 mln tonna sabzi hosili olish moʻljallanmoqda.
Selskoxozyaystvennaya yarmarka v Yalte - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.06.2021
Jamiyat
Nega sabzining narxi keskin oshib ketdi? vazirlik sababini maʼlum qildi
Mamlakat aholisining sabziga boʻlgan 1 yillik ehtiyoji 800 ming tonnani tashkil etadi. Yetishirilgansabzi hosilining qolgan hajmi eksportva qayta ishlashgayoʻnaltiriladi. Qish-bahor mavsumida aholi isteʼmolini taʼminlash maqsadida 400 ming tonnadanziyod sabzi zaxira qilinadi.
Sabzi respublikaning tuproq-iqlim sharoitlarini inobatgaolgan holda Qoraqalpogʻiston, Jizzax, Toshkent, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Sirdaryo, Fargʻona viloyatlari tumanlarida ekiladi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq soʻnggi kunlarda bozorlarda sabzining kilosi 11 ming soʻmga chiqib ketgan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala